We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Havo kemasi bortkuzatuvchisi

Share on social media

Работодатель:

Lavozim majburiyatlari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan xizmat vazifalarini bajarish;
  • Parvoz vaqtida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash;
  • Havo kemasi yo‘lovchilari va ekipajiga xizmat ko‘rsatish;
  • Tegishli hujjatlarni yuritish.

Lavozim talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi;
  • Amal qilish muddati o‘tmagan bortkuzatuvchi guvohnomasining mavjudligi;
  • A-320/321, B-757/767/787 havo kemalarida ishlash uchun o‘quv-mashq markazi tayyorgarligidan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat;
  • Yoshi 18 dan 25gacha (18 yoshga to‘lmaganlar va 25 yoshga to‘lganlar ko‘rib chiqilmaydi);
  • Boshqa aviakompaniyalarda ish tajribasi mavjudligi (ma’qullanadi);
  • Kelishgan qad-qomatga ega bo‘lish, ortiqcha vaznga moyillik bo‘lmasligi;
  • Normal tana massasi indeksi Ketle bo‘yicha (18,5 – 24,9);
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini lavozim talablarini bajarish darajasida bilish;
  • Rezyumega butun bo‘y-basti bilan olingan va yuzning yirik planda olingan surati (photoshop ishlatmasdan) ilova qilinishi kerak.

Ish shartlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ishga joylashish;
  • Ish grafigi: smenali.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Javobgarlik hissi va aniqlik (puxtalik);
  • Chet tillarini bilish;
  • Odamlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi; hushmuomalalik va tolerantlik;
  • Hujjatlar bilan ishlay olish;
  • Ko‘p vazifalilik sharoitida ishlash
  • Yuqori ishchanlik va tashabbuskorlik;
  • Bilim olishga va yuksalishga bo‘lgan intilish;
  • Sabrlilik

Rezyume quyidagi manzilga yuborilsin:

ca.school@uzairways.com

erkin.alimov@uzairways.com

Telefon:

+998-78-140-47-68