Havo kemasi bortkuzatuvchisi (amaldagi)
                Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
                
            
        
					Работодатель:                          
				
				Lavozim majburiyatlari:
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan xizmat vazifalarini bajarish;
 - Parvoz vaqtida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash;
 - Havo kemasi yo‘lovchilari va ekipajiga xizmat ko‘rsatish;
 - Tegishli hujjatlarni yuritish.
 
Lavozim talablari:
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi;
 - Amal qilish muddati o‘tmagan bortkuzatuvchi guvohnomasining mavjudligi;
 - A-320/321, B-757/767/787 havo kemalarida ishlash uchun o‘quv-mashq markazi tayyorgarligidan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat;
 - Yoshi 18 dan 25gacha (18 yoshga to‘lmaganlar va 25 yoshga to‘lganlar ko‘rib chiqilmaydi);
 - Boshqa aviakompaniyalarda ish tajribasi mavjudligi (ma’qullanadi);
 - Kelishgan qad-qomatga ega bo‘lish, ortiqcha vaznga moyillik bo‘lmasligi;
 - Normal tana massasi indeksi Ketle bo‘yicha (18,5 – 24,9);
 - O‘zbek, rus va ingliz tillarini lavozim talablarini bajarish darajasida bilish;
 - Rezyumega butun bo‘y-basti bilan olingan va yuzning yirik planda olingan surati (photoshop ishlatmasdan) ilova qilinishi kerak.
 
Ish shartlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ishga joylashish;
 - Ish grafigi: smenali.
 
Asosiy ko‘nikmalar:
- Javobgarlik hissi va aniqlik (puxtalik);
 - Chet tillarini bilish;
 - Odamlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi; hushmuomalalik va tolerantlik;
 - Hujjatlar bilan ishlay olish;
 - Ko‘p vazifalilik sharoitida ishlash
 - Yuqori ishchanlik va tashabbuskorlik;
 - Bilim olishga va yuksalishga bo‘lgan intilish;
 - Sabrlilik
 
Rezyume quyidagi manzilga yuborilsin: