We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Marketing va yuk tariflari bo‘limi mutaxassisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Yuk tashuvlari boshqarmasi

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Oliy ma’lumot;
  • Marketing, logistika yoki yuk tashuvlari sohasida ish tajribasi;
  • MS Office dasrturlarida erkin ishlash ko‘nikmasi;
  • Ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar olib boorish ko‘nikmasi;
  • Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;
  • Mas’uliyatlilik, muloqotga kirishuvchanlik va ijrochilik fazilatlariga ega bo‘lish;
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajara olish;
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish;

Vazifalari:

  • Boshqaruv, uslubiy, me’yoriy hujjatlar va materiallarni, xalqaro havo huquqi asoslarini, xalqaro tashishlarni tashkil etish va aeroportlar faoliyati sohasidagi ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani bilish.
  • Tahliliy ishlarni bajara olish, xususan, xalqaro yuk aviatashuvlari bozori va aeroport xizmatlari kon’yunkturasi masalalari bo‘yicha tahliliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  • “Uzbekistan airways” AJ tarkibiy bo‘linmalarining xalqaro tashuvlar sohasidagi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish.
  • Mehnat qonunchiligi asoslarini, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish qoidalarini bilish.
  • Yuklar va pochtani aviatsiya transportida tashishni tashkil etish bo‘yicha 36 oyda kamida 1 marta va xavfli yuklarni tashish bo‘yicha 24 oyda kamida 1 marta dastlabki va davriy tayyorgarlikdan o‘tish.
  • Yuk tashishlarni sotishni optimallashtirishning zamonaviy usullari va moslashuvchan tarif siyosati orqali “Uzbekistan airways” AJning yuk tashuvlaridan oladigan daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va “Uzbekistan airways” AJ vakolatxonalari faoliyat yuritayotgan aeroportlarda yuk mijozlariga, pochta idoralariga xizmat ko‘rsatishda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.
  • “Uzbekistan airways” AJning yangi yuk tashish havo yo‘nalishlarini ochish va mavjudlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Yuk aviatashuvlari bozorida potensial raqobatchilar faoliyatini kuzatib borish va “Uzbekistan airways” AJning yuk tashuvlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
  • “Uzbekistan airways” AJ agentlari va vakolatxonalari tomonidan yuk sig‘imlarini sotishning amaldagi texnologiyasi va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Yuk tashuvlari sotuvini optimallashtirish maqsadida “Uzbekistan airways” AJning amaldagi me’yoriy-texnologik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etish.
  • “Uzbekistan airways” AJ agentlari tomonidan yuk tashuvlarini sotish bo‘yicha amaldagi agentlik kelishuvlari bilan ularga yuklangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish.
  • O‘zR aeroportlarida, “Uzbekistan airways” AJ vakolatxonalari faoliyat yuritadigan aeroportlarda va parvozlar bajarilishi rejalashtirilayotgan aeroportlarda yuk va pochta tashishni tashkil etish hamda yuk mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq texnologik tartib-taomillarning monitoringida, inspektorlik va auditorlik tekshiruvlarida ishtirok etish.
  • Nazoratdagi va boshqa farmoyish hujjatlarini, Rahbariyat topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning turdosh xizmatlari so‘rovlariga javob berish.
  • Lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur hajmda xorijiy va davlat tillarini bilish.
  • O‘zR Mehnat kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
  • O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlariga rioya qilishi lozim.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • Kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Transport-logistika xaizmatlari marketingi;
  • Yuk tashish jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • Bozor va raqobatchilar tahlilini olib borish;
  • Muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;
  • Tijorat takliflarini tayyorlash;
  • Transport hujjatlari bilan ishlash;
  • Analitik fikirlash va hisobotlar tayyorlash;
  • MS Office dasturlarida erkin ishlash;
  • Mas’uliyat, muloqot ko‘nikmalari va ko‘p vazifali ishlarni samarali bajarish.

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com