Marketing va yuk tariflari bo‘limi mutaxassisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yuk tashuvlari boshqarmasi
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Oliy ma’lumot;
- Marketing, logistika yoki yuk tashuvlari sohasida ish tajribasi;
- MS Office dasrturlarida erkin ishlash ko‘nikmasi;
- Ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar olib boorish ko‘nikmasi;
- Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;
- Mas’uliyatlilik, muloqotga kirishuvchanlik va ijrochilik fazilatlariga ega bo‘lish;
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajara olish;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish;
Vazifalari:
- Boshqaruv, uslubiy, me’yoriy hujjatlar va materiallarni, xalqaro havo huquqi asoslarini, xalqaro tashishlarni tashkil etish va aeroportlar faoliyati sohasidagi ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani bilish.
- Tahliliy ishlarni bajara olish, xususan, xalqaro yuk aviatashuvlari bozori va aeroport xizmatlari kon’yunkturasi masalalari bo‘yicha tahliliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
- “Uzbekistan airways” AJ tarkibiy bo‘linmalarining xalqaro tashuvlar sohasidagi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish.
- Mehnat qonunchiligi asoslarini, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish qoidalarini bilish.
- Yuklar va pochtani aviatsiya transportida tashishni tashkil etish bo‘yicha 36 oyda kamida 1 marta va xavfli yuklarni tashish bo‘yicha 24 oyda kamida 1 marta dastlabki va davriy tayyorgarlikdan o‘tish.
- Yuk tashishlarni sotishni optimallashtirishning zamonaviy usullari va moslashuvchan tarif siyosati orqali “Uzbekistan airways” AJning yuk tashuvlaridan oladigan daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va “Uzbekistan airways” AJ vakolatxonalari faoliyat yuritayotgan aeroportlarda yuk mijozlariga, pochta idoralariga xizmat ko‘rsatishda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.
- “Uzbekistan airways” AJning yangi yuk tashish havo yo‘nalishlarini ochish va mavjudlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Yuk aviatashuvlari bozorida potensial raqobatchilar faoliyatini kuzatib borish va “Uzbekistan airways” AJning yuk tashuvlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
- “Uzbekistan airways” AJ agentlari va vakolatxonalari tomonidan yuk sig‘imlarini sotishning amaldagi texnologiyasi va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
- Yuk tashuvlari sotuvini optimallashtirish maqsadida “Uzbekistan airways” AJning amaldagi me’yoriy-texnologik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etish.
- “Uzbekistan airways” AJ agentlari tomonidan yuk tashuvlarini sotish bo‘yicha amaldagi agentlik kelishuvlari bilan ularga yuklangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish.
- O‘zR aeroportlarida, “Uzbekistan airways” AJ vakolatxonalari faoliyat yuritadigan aeroportlarda va parvozlar bajarilishi rejalashtirilayotgan aeroportlarda yuk va pochta tashishni tashkil etish hamda yuk mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq texnologik tartib-taomillarning monitoringida, inspektorlik va auditorlik tekshiruvlarida ishtirok etish.
- Nazoratdagi va boshqa farmoyish hujjatlarini, Rahbariyat topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning turdosh xizmatlari so‘rovlariga javob berish.
- Lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur hajmda xorijiy va davlat tillarini bilish.
- O‘zR Mehnat kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
- O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlariga rioya qilishi lozim.
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- Kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
Asosiy ko‘nikmalar:
- Transport-logistika xaizmatlari marketingi;
- Yuk tashish jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- Bozor va raqobatchilar tahlilini olib borish;
- Muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;
- Tijorat takliflarini tayyorlash;
- Transport hujjatlari bilan ishlash;
- Analitik fikirlash va hisobotlar tayyorlash;
- MS Office dasturlarida erkin ishlash;
- Mas’uliyat, muloqot ko‘nikmalari va ko‘p vazifali ishlarni samarali bajarish.
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: