We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Tarif ma’lumotlarini nashr etish va kuzatib borish bo‘limi mutaxassisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Tarif siyosati va daromadlarni optimallashtirish boshqarmasi

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing, axborot texnologiyalari yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Tarif siyosati, narx shakillantirish, axborotni qayta ishlash va nashr etish sohalarida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
  • Tariflarni shakllantirish asoslari va tarif ma’lumotlarini tayyorlash tamoyillarini bilish;
  • Axborot tizimlari, elektron ma’lumotlar bazalari va ofis dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni tekshirish va tizimlashtirish qobiliyati;
  • Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish ko‘nikmasi;
  • Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish, mas’uliyatlilik, ijrochilik va belgilangan muddatlarga rioya qilish;
  • O‘zbek, rus hamda ingliz tillarini lavozim vazifalarini bajaraish darajasida bilish.

Vazifalari:

  • “Uzbekistan Airways” AJ tariflarini, shuningdek ularni xalqaro tariflar ma’lumotlar bazasida qo‘llash qoidalarini o‘z vaqtida e’lon qilish va zarur hollarda tuzatish kiritishni ta’minlash;
  • Xalqaro bron qilish va sotish tizimlarida “Uzbekistan Airways” AJ reyslariga bagaj tashish me’yorlari, me’yordan ortiq bagaj uchun stavkalar va bagaj qoidalarini e’lon qilish;
  • Hamkor aviakompaniyalar bilan maxsus proreyt kelishuvlari doirasida hisoblangan interlayn tariflarni, shuningdek, Code-Share kelishuvlari doirasida hamkorlarning reyslari uchun tariflarni e’lon qilish;
  • Aviakompaniyaning yoqilg‘i va boshqa turdagi taksi va yig‘imlarini xalqaro savdo tizimlarida e’lon qilish;
  • “Uzbekistan Airways” AJ reyslariga pochta va yuk tariflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, hamkor aviakompaniyalar bilan tuzilgan interlayn bitimlar va maxsus proreyt bitimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar tizimiga kiritish;
  • “Uzbekistan Airways” AJning amaldagi tariflari va qoidalarini chiptalarni chop etish tizimi bilan bog‘lash uchun avtomatlashtirilgan tariflarni hisoblash tizimlarini dasturlash (sotish paytida chiptalarni avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish imkoniyati);
  • Xalqaro savdo tizimlarida joriy etilgan tariflar va qoidalarning to‘g‘riligini nazorat qilish;
  • Ariza beruvchilarning tariflar bo‘yicha xatlari va shikoyatlariga javob berish;
  • Nazorat ostidagi va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni, bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek, AJning turdosh xizmatlari so‘rovlariga javob berish;
  • O‘z malaka darajasini muntazam ravishda oshirib borish;
  • Xizmat vazifalarini bajarish doirasida o‘zbek, rus  va ingliz tillarini bilish;
  • Zarur hollarda TMNKB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan boshqa ishlarni bajarish.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • Kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Tarif ma’lumotlari va ma’lumotlar bilan ishlash;
  • Ma’lumotlarni tekshirish, tizimlashtirish va yangilab borish;
  • Axborot tizimlarida tarif ma’lumotlarini nashr etish va yuritish;
  • Katta hajmdagi ma’lumotlar va elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
  • MS Office dasturlarini, ayniqsa MS Excel dasturlarini yaxshi bilish;
  • Hisobotlar, ma’lumotnomalar va tahliliy materiallar tayyorlash;
  • Ma’lumotlarning aniqligini nazorat qilish va tafsilotlarga e’tibor berish;
  • Ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va tarkibiy bo‘linmalarini bilan hamkorlik qilish;
  • Ma’lumotlarni nashr etish bo‘yicha belgilangan muddat va talalblarga rioya qilish;
  • Tahlily fikrlash, mas’uliyatlilik va ijrochilik.  

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com