Tarif ma’lumotlarini nashr etish va kuzatib borish bo‘limi mutaxassisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Tarif siyosati va daromadlarni optimallashtirish boshqarmasi
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Iqtisodiyot, moliya, menejment, marketing, axborot texnologiyalari yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Tarif siyosati, narx shakillantirish, axborotni qayta ishlash va nashr etish sohalarida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
- Tariflarni shakllantirish asoslari va tarif ma’lumotlarini tayyorlash tamoyillarini bilish;
- Axborot tizimlari, elektron ma’lumotlar bazalari va ofis dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni tekshirish va tizimlashtirish qobiliyati;
- Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish ko‘nikmasi;
- Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish, mas’uliyatlilik, ijrochilik va belgilangan muddatlarga rioya qilish;
- O‘zbek, rus hamda ingliz tillarini lavozim vazifalarini bajaraish darajasida bilish.
Vazifalari:
- “Uzbekistan Airways” AJ tariflarini, shuningdek ularni xalqaro tariflar ma’lumotlar bazasida qo‘llash qoidalarini o‘z vaqtida e’lon qilish va zarur hollarda tuzatish kiritishni ta’minlash;
- Xalqaro bron qilish va sotish tizimlarida “Uzbekistan Airways” AJ reyslariga bagaj tashish me’yorlari, me’yordan ortiq bagaj uchun stavkalar va bagaj qoidalarini e’lon qilish;
- Hamkor aviakompaniyalar bilan maxsus proreyt kelishuvlari doirasida hisoblangan interlayn tariflarni, shuningdek, Code-Share kelishuvlari doirasida hamkorlarning reyslari uchun tariflarni e’lon qilish;
- Aviakompaniyaning yoqilg‘i va boshqa turdagi taksi va yig‘imlarini xalqaro savdo tizimlarida e’lon qilish;
- “Uzbekistan Airways” AJ reyslariga pochta va yuk tariflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, hamkor aviakompaniyalar bilan tuzilgan interlayn bitimlar va maxsus proreyt bitimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar tizimiga kiritish;
- “Uzbekistan Airways” AJning amaldagi tariflari va qoidalarini chiptalarni chop etish tizimi bilan bog‘lash uchun avtomatlashtirilgan tariflarni hisoblash tizimlarini dasturlash (sotish paytida chiptalarni avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish imkoniyati);
- Xalqaro savdo tizimlarida joriy etilgan tariflar va qoidalarning to‘g‘riligini nazorat qilish;
- Ariza beruvchilarning tariflar bo‘yicha xatlari va shikoyatlariga javob berish;
- Nazorat ostidagi va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni, bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek, AJning turdosh xizmatlari so‘rovlariga javob berish;
- O‘z malaka darajasini muntazam ravishda oshirib borish;
- Xizmat vazifalarini bajarish doirasida o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
- Zarur hollarda TMNKB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan boshqa ishlarni bajarish.
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- Kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
Asosiy ko‘nikmalar:
- Tarif ma’lumotlari va ma’lumotlar bilan ishlash;
- Ma’lumotlarni tekshirish, tizimlashtirish va yangilab borish;
- Axborot tizimlarida tarif ma’lumotlarini nashr etish va yuritish;
- Katta hajmdagi ma’lumotlar va elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
- MS Office dasturlarini, ayniqsa MS Excel dasturlarini yaxshi bilish;
- Hisobotlar, ma’lumotnomalar va tahliliy materiallar tayyorlash;
- Ma’lumotlarning aniqligini nazorat qilish va tafsilotlarga e’tibor berish;
- Ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va tarkibiy bo‘linmalarini bilan hamkorlik qilish;
- Ma’lumotlarni nashr etish bo‘yicha belgilangan muddat va talalblarga rioya qilish;
- Tahlily fikrlash, mas’uliyatlilik va ijrochilik.
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: