We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Daromadlarni optimallashtirish bo‘limi mutaxassisi

Share on social media

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Tarif siyosati va daromadlarni optimallashtirish boshqarmasi

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Oliy ma’lumot (iqtisod, moliya, menejment, transport logistikasi);
  • Tarif siyosat, iqtisodiyot moliya, ma’lumotlarni tahlil qilish yoki daromadlarni optimallashtirish sohasidagi ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
  • Iqtisodiy tahlil usullari va narx shakillantirish asoslarini bilish;
  • Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda analitik hisobotlar tayyorlash ko‘nikmasi;
  • MS Office dasturlarida erkin ishlash, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
  • Ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar olib borish ko‘nikmasi;
  • Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;
  • Analitik fikrlash, tafsilotlarga e’tibor va raqamlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Ma’suliyatlilik, ijrochilik va ko‘p vazifali ishlarni samarali bajarish qobilyati;
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish.

Vazifalari:

  • “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bajariladigan qatnovlarda yo‘lovchilarni tashish qiymatini aniqlash uchun zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • Ochiq sotuvda o‘rinlar mavjudligini aniqlash va yuqori talabni kuzatish maqsadida yo‘lovchi aviataashuvlariga bo‘lgan talabni doimiy monitoring qilish;
  • U yoki bu tarif bo‘yicha (kunlik, haftalik, oylik, yillik) sotuvlarning optimal chegaralarini belgilash uchun talab prognozini tuzish;
  • Tariflar darajasini va ularning sotuv uchun ochiqligini nazorat qilish;
  • Raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlarini, bozor dinamikasini tushunish hamda narx siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun ularning narxlarini monitoring qilish;
  • Daromadni maksimal darajaga yetkazish uchun bozor segmentlarining eng maqbul uyg‘unligini ta’minlash;
  • U yoki bu turdagi tarif bo‘yicha sotish uchun joylar sonini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Tashish liniyalari bo‘yicha daromadlarni oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • U yoki bu tarif bo‘yicha sotish uchun joylar sonini aniqlash;
  • Optimal daromadlilik va iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun yangi reyslarni joriy etishda tarif turiga qarab joylar sonini taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Bo‘lim faoliyatiga oid mavjud avtomatlashtirilgan tizimlarni ishda qo‘llash;
  • Aviakompaniya daromadlarini boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot – “Revenue Management” asosida ishlarni amalga oshirish;
  • Nazorat ostidagi va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni, bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek, AJning turdosh xizmatlari so‘rovlariga javob berish;
  • O‘zbekiston aviatsiya sanoatini va “Uzbekistan Airways” AJni rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, daromadlarni optimallashtirish sohasidagi jahon amaliyotini bilish;
  • Nazorat ostidagi va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni, bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish;
  • Xizmat vazifalarini bajarish doirasida davlat tili va ingliz tilini bilish;
  • O‘z malaka darajasini muntazam ravishda oshirib borish;
  • Zarur hollarda boshliqning ko‘rsatmasiga binoan boshqa ishlarni bajarish.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • Kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Iqtisodiy va moliyaviy tahlil;
  • Daromadlarni optimallashtirish;
  • Tarif siyosatini ishlab chiqish va tahlil qilish;
  • Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
  • Analitik hisobotlarni tayyorlash;
  • Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash;
  • MS Excel, Word и PowerPoint dasturlarida erkin ishlash;
  • Analitik fikrlash va ma’suliyatlilik.

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com 

Download PDF