Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Tarif siyosati va daromadlarni optimallashtirish boshqarmasi
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Oliy ma’lumot (iqtisod, moliya, menejment, transport logistikasi);
- Tarif siyosat, iqtisodiyot moliya, ma’lumotlarni tahlil qilish yoki daromadlarni optimallashtirish sohasidagi ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
- Iqtisodiy tahlil usullari va narx shakillantirish asoslarini bilish;
- Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda analitik hisobotlar tayyorlash ko‘nikmasi;
- MS Office dasturlarida erkin ishlash, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
- Ishbilarmonlik yozishmalari va muzokaralar olib borish ko‘nikmasi;
- Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;
- Analitik fikrlash, tafsilotlarga e’tibor va raqamlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Ma’suliyatlilik, ijrochilik va ko‘p vazifali ishlarni samarali bajarish qobilyati;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish.
Vazifalari:
- “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bajariladigan qatnovlarda yo‘lovchilarni tashish qiymatini aniqlash uchun zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- Ochiq sotuvda o‘rinlar mavjudligini aniqlash va yuqori talabni kuzatish maqsadida yo‘lovchi aviataashuvlariga bo‘lgan talabni doimiy monitoring qilish;
- U yoki bu tarif bo‘yicha (kunlik, haftalik, oylik, yillik) sotuvlarning optimal chegaralarini belgilash uchun talab prognozini tuzish;
- Tariflar darajasini va ularning sotuv uchun ochiqligini nazorat qilish;
- Raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlarini, bozor dinamikasini tushunish hamda narx siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun ularning narxlarini monitoring qilish;
- Daromadni maksimal darajaga yetkazish uchun bozor segmentlarining eng maqbul uyg‘unligini ta’minlash;
- U yoki bu turdagi tarif bo‘yicha sotish uchun joylar sonini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Tashish liniyalari bo‘yicha daromadlarni oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- U yoki bu tarif bo‘yicha sotish uchun joylar sonini aniqlash;
- Optimal daromadlilik va iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun yangi reyslarni joriy etishda tarif turiga qarab joylar sonini taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritish;
- Bo‘lim faoliyatiga oid mavjud avtomatlashtirilgan tizimlarni ishda qo‘llash;
- Aviakompaniya daromadlarini boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot – “Revenue Management” asosida ishlarni amalga oshirish;
- Nazorat ostidagi va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni, bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek, AJning turdosh xizmatlari so‘rovlariga javob berish;
- O‘zbekiston aviatsiya sanoatini va “Uzbekistan Airways” AJni rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, daromadlarni optimallashtirish sohasidagi jahon amaliyotini bilish;
- Nazorat ostidagi va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni, bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish;
- Xizmat vazifalarini bajarish doirasida davlat tili va ingliz tilini bilish;
- O‘z malaka darajasini muntazam ravishda oshirib borish;
- Zarur hollarda boshliqning ko‘rsatmasiga binoan boshqa ishlarni bajarish.
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- Kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
Asosiy ko‘nikmalar:
- Iqtisodiy va moliyaviy tahlil;
- Daromadlarni optimallashtirish;
- Tarif siyosatini ishlab chiqish va tahlil qilish;
- Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
- Analitik hisobotlarni tayyorlash;
- Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash;
- MS Excel, Word и PowerPoint dasturlarida erkin ishlash;
- Analitik fikrlash va ma’suliyatlilik.
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: