We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Alisher Navoiy Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi

Share on social media

nvi

Alisher Navoiy

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi

 

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘ayu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek ondin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘anda qorang‘u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam
Yo‘lg‘akim avval qadam, ma’shuqi o‘tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.