We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

E'lon

Share on social media

"Uzbekistan Airways" (mijoz) AJ o'zining 2020-yildagi moliyaviy-xo'jalik faoliyatini audit o'tkazish uchun tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda O'zbekiston Respublikasining quyidagi talablarga javob beruvchi auditorlik kompaniyalari ishtirok etishi mumkin:

1. 10 yildan kam bo'lmagan vaqt mobaynida auditorlik sohasida faoliyatni amalga oshirib kelayotgan;

2. Shtatida xalqaro malakali (ACCA DipIFR, ACCA, CPA, CIPA) auditorlarga ega;

3. Shtatida sertifikatlangan soliq konsultantlariga ega.

Tijorat takliflari quyidagi hujjatlar bilan 6-iyulga qadar(jumladam 6-iyul kuni ham) qabul qilinadi:

- korxona davlat organida ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;

- tanlovda belgilangan ish turlari uchun tegishli litsenziyalar nusxalari;

- kompaniya xodimlarining malakasi to'g'risida ma'lumot (sertifikatlar nusxalari);

- kompaniya haqida umumiy ma'lumot hamda uning faoliyatini nomoyon etuvchi boshqa ma'lumotlar;

- tijorat taklifining qiymati, hisob-kitob tartibi;

- auditni o'tkazish shartlari;

- xizmat uchun chegirmalar va ularni taqdim etish shartlari. «Uzbekistan Airways» AJning tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar yuzasidan talablari:

- birlamchi hujjatlarni o'rganish;

- buxgalteriya hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish umumiy tartibini baholash;

- hisobot natijalariga qiziqish bildirgan foydalanuvchilar tomonidan qaror qabul qilinishiga muhim ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan hisobotda ko’rsatilgan ma'lumotlarning bunday turdagi hujjatlar uchun qonunchilik shakllariga muvofiqligini teshirish;

- kompaniya tomonidan qabul qilingan hisob siyosatining maqsadga muvofiqligini baholash;

- moliyaviy va iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda buxgalteriya hisobi to'g'risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

- korxona operatsiyalarida o'tgan voqealar to'g'risidagi ma'lumotlarning to'liqligi va ishonchliligini nazorat qilish;

- ular to'g'risida ob'ektiv fikr bildirilgan holda auditorlik xulosasini taqdim etish.

Aviakompaniya zarur hollarda qo'shimcha ma'lumotlarni talab qilish huquqiga ega.

Ma'lumot uchun telefonlar:

(998-71) 140-45-85, 140-45-77,

e-mail: Shuhrat.Bahramov@uzairways.com, nusxasi: Yekaterina.Kulakova@uzairways.com

Download PDF