We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Axborot tizimlari bo‘limi mutaxassisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: “Uzbekistan Airways Sales” filiali Elektron tijoratni rivojlantirish boshqarmasi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Tugallangan oliy ma’lumot: axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha.
  • Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Elektron biznes tizimlarini tashkil etish va ishlash tamoyillarini, shuningdek elektron tijorat tizimlari tasnifini bilish va qo‘llash.
  • Bilim sohasini tizimli qo‘llash vositalariga ega bo‘lish, standart dasturiy ta’minotdan foydalangan holda odatiy ofis axborot oqimlarini avtomatlashtirish, axborot qidirish tizimlaridan foydalanish.
  • Tashkiliy tuzilmada elektron tijoratda biznes jarayonlaridan foydalanish bo‘yicha tarmoq texnologiyalarini qo‘llash sohasida tegishli bilimlarga ega bo‘lish.
  • Korporativ internet portallar topologiyasi va internet saytlar tuzilishidan foydalana olish.

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Elektron tijorat axborot tizimlarining bron qilish va sotishning avtomatlashtirilgan tizimlari, yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish va jo‘natishini boshqarish (ES8), shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning loyal avtomatlashtirilgan tizimi bilan to‘g‘ri ishlashini ta’minlash.
  • Axborot tizimlarining (keyingi o‘rinlarda AT deb yuritiladi) ishlashini ta’minlash.
  • Avtomatlashtirilgan Internet tizimlari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash.
  • Yuborilgan va qabul qilingan ma’lumotlarning ma’lumotlar bazalari va ma’lumotlar omborlarida saqlanishi va qayta ishlashini ta’minlash.
  • CMS tizimini qo‘llab-quvvatlash;
  • Aviakompaniyaning integratsiyalashgan axborot texnologiyalari tizimlarini ishlatish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli bo‘limlar bilan texnik muvofiqligini ta’minlash.
  • Tashqi tizimlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun kompleksga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish va tashqi AT ET va o‘zining ichki AT laridan foydalanishda axborotni qayta ishlashning avtomatlashtirilmagan bosqichlarini bartaraf etish.
  • Veb-xizmatlardan foydalanuvchi mijozlarga texnik yordam ko‘rsatish.
  • Axborot resurslarini texnologik qo‘llab-quvvatlash, texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirishni ta’minlash.
  • “Uzbekistan Airways” AJning elektron tijorat faoliyatidan tizim resurslari, tizimdan foydalanish muddati, daromadlarini prognozlash va moliyaviy xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda rejalashtirish funksiyalarini amalga oshirish.
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Elektron tijorat
  • Tarmoqlar topologiyasi
  • Biznesning axborot texnologiyalari
  • CMS-tizimlar
  • Axborot resurslari
  • Axborot oqimlarini tahlil qilish

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Erkin.Alimov@uzairways.com