We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Axborot tizimlari bo‘limi muhandisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: “Uzbekistan Airways Sales” filialining Elektron tijoratni rivojlantirish boshqarmasi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Tugallangan oliy ma’lumot: IT mutaxassisliklari bo‘yicha.
  • Shu kabi lavozimda ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
  • Tizimni tahlil qilish vositalari va sohaga tegishli loyihalami ishlab chiqishni bilish, standart dasturiy ta’minot vositalari yordamida namunaviy ofis axborot oqimlarini avtomatlashtirish, axborot-qidiruv tizimlarini loyihalashni bilish;
  • “Uzbekistan airways” AJ elektron tijorat faoliyatida biznes jarayoninig tashkiliy tarkibida tarmoq texnologiyalarini qo‘llash va amaliy dasturiy ta’minot sohasida tegishli bilimlarga ega bo‘lish;
  • Elektron biznes tizimlarini tahlil etish va ishlash tamoyillarini bilish va ularni qo‘llash;
  • Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Axborot tizimini boshqarish funktsiyalarining bir butun sifatida bajarilishini ta’minlash;
  • Texnologik ko‘mak berishni, kuzatish va axborot resurslarini rivojlantirishni (korporativ sayt va boshqalarni, aviakompaniyaning axborot tizimlarini) tashkil etishni hamda integratsiyalashgan korporativ echimlarga (ERP echimlar) asoslangan tizimlarni rivojlantirishni amalga oshirish;
  • Dasturiy ta’minot tizimlari va apparat vositalarining avtomatlashtirilgan kompleksi ishlashini ta’minlash;
  • AJda onlayn xizmatlarni joriy qilish imkoniyati uchun zamonaviy texnologik yechimlarni monitoring qilish;
  • ET AT ichki qismida boshqaruvni amalga oshirish. Mijoz ish stantsiyalariga yuborish uchun HTTP protokoli formatida ma’lumotlar paketlarini shakllantirish tizimining ishlashini ta’minlash. Tarmoq standartlari (XML, UDDI, SOAP) orqali tashqi tizimlar bilan o‘zaro aloqani ta’minlash;
  • Alohida mantiqiy uchastkalar bo‘yicha ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlarini taqsimlash bo‘yicha tizimli monitoring amalga oshirish va ilovaning taqsimlangan tuzilishini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash;
  • CMS-tizimini qo‘llab-quvvatlash;
  • “Uzbekistan Airways” AJning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan qo‘shimcha tarmoq xizmatlari serverining – FTP fayl xizmatlari, elektron pochta (SMTP, POP3, IMAP4, SSMTP) va avtomatlashtirilgan servislarning lozim darajada ishlashini ta’minlash;
  • Muntazam ravishda malaka darajasini oshirib borish.
  • Tashqi tizimlarning umumiy arxitekturasida talab etiladigan o‘zgarishlarga va biznes- jarayonlarning amaldagi mantig‘iga kiritilgan o‘zgarishlarga qarab, dasturiy kompleksning ichki bazalarni boshqarish tizimi (Oracle, MSSQL, Sybase, DB2, MySQL va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
  • PSS ning texnologik darajadagi onlayn savdo xizmatlari bilan o‘zaro aloqalarini monitoring qilish;
  • Onlayn xizmatlarning ishlashi uchun texnologik jarayonlarni ta’minlash uchun uchinchi tomon tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
  • Yangi onlayn xizmatlarni yanada rivojlantirish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish;
  • Avtomatlashtirilgan Internet tizimlari bilan o‘zaro aloqani ta’minlash;
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Tizimli tahlil
  • Onlayn sotuvlar
  • Elektron tijorat
  • ERP, XML, UDDI, SOAP, CMS, HTTP, FTP, SMTP, POP3, IMAP4, SSMTP, ORACLE, MSSQL, SyBase, DB2, MySQL, DCS, PSS larni bilish

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Erkin.Alimov@uzairways.com