We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Strategik menejment boshqarmasi boshlig‘i

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi. 
Bo‘linma: Strategik menejment va investitsiya loyihalari departamenti Strategik menejment boshqarmasi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 10 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi:  to‘liq ish kuni.

Talablari:
•    Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
•    Iqtisodiyot va/yoki moliya va/yoki muhandislik-iqtisod va/yoki boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot.
•    Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
•    Shaxsiy kompyuterdan bemalol foydalana olish.
•    Sohaviy tajribasi – 5 yildan kam emas.
•    Rahbarlik lavozimlaridagi tajribasi – 5 yildan kam emas.
•    Ingliz tilini bilish sertifikati – ma’qullanadi.

Vazifalari:
•    Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
•    “Uzbekistan Airways” AJ strategiyasini ishlab chiqishni amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
•    “Uzbekistan Airways” AJning tasdiqlangan strategiyasi amalga oshirilishini ta’minlash;
•    “Uzbekistan Airways” AJning  yillik Biznes-rejasini ishlab chiqish va aviakompaniya Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
•    Kuzatuv kengashida “Uzbekistan Airways” AJ Biznes-rejasini tasdiqlashda ishtirok etish;
•    Biznes-rejaning bajarilishini nazorat qilish hamda “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi va Kuzatuv kengashi a’zolarini muntazam ravishda xabardor qilib borish;
•    “Uzbekistan Airways” AJ tashqi va ichki muhitini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
•    “Uzbekistan Airways” AJ uchun qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyani ishlab chiqish va takliflar berish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
•    Tasarrufdagi xodimlarning maxsus bilim darajalarini oshirish.
•    Boshqarma faoliyatini muvofiqlashtirish va uning “Uzbekistan Airways” AJ xizmatlari, deaprtamentlari, boshqarmalari, bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
•    Boshqarma vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tashqi tashkilotlarning Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha muzokaralari va seminarlarida ishtirok etish.
•    “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi jamiyatlar (tashkilotlar) bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
•    “Uzbekistan Airways” AJning qonun hujjatlari va ichki hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalarning (buyruqlarning) bajarilishini ta’minlash.
•    “Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organlari vakillari, uchinchi shaxslar bilan o‘z vakolatlari doirasida ish yozishmalarini olib borish va boshqa ish munosabatlarini amalga oshirish.
•    Va b.

Ish sharoitlari:
•    Rasmiy ishga joylashish.
•    5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
•    O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
•    Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:
•    O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja 
•    Rus tili – C2 – mukammal daraja
•    Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
•    Xodimlarni boshqarish 
•    Iqtisodiyot 
•    Moliya 
•    Menejment 
•    Fuqaro aviatsiyasi 
•    Qimmatli qog‘ozlar 
•    Ishbilarmonlik aloqalari 
•    Mas’uliyatlilik 

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Erkin.Alimov@uzairways.com