We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Tizim muhandisi (administratori)

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasining Ma’murlashtirish va kiberxavfsizlik bo‘limi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Mahalliy va korporativ tarmoqlar, IT infratuzilmasi dasturiy-apparat kompleksi, korporativ xizmatlar va AJ resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
  • Bo‘lim vakolatlari doirasida AJning IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlari va resurslarining ma’muriy dasturiy-apparat kompleksi boshqaruvini ta‘minlash.
  • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi AJning IT infratuzilmasi dasturiy-apparat kompleksiga dasturiy ta’minotni yangilashni o‘rnatishni ta‘minlash.
  • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi AJ “yakuniy nuqtalar”ning har tomonlama himoyasini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni o‘tkazish.
  • IT infratuzilmasi, axborot tizimlari va AJ resurslarini texnik va texnologik ta’minlash.
  • AJ IT infratuzilmasi dasturiy-apparat komplekslarining uzluksiz ishlashi va rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  • Bo‘lim yillik va choraklik rejalariga muvofiq ishlarni, shuningdek, faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha va rahbariyatning farmoyishi bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
  • AJ IT infratuzilmasining axborot xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish.
  • AJ xodimlariga uning faoliyat turi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahat berish.
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha axborot obzorlarini tuzish.
  • Belgilangan vazifalar doirasida eng samarali amaliy yechimlami aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish.
  • AJ faoliyati samaradorligini oshirish va IT infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va umumlashtirish.
  • IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlar va AJ resurslari ishlashi ustidan nazoratni ta’minlash bilan bog‘liq operativ vazifalarni bajarish.
  • Tegishliligi bo‘yicha bo‘limning yillik va choraklik ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etish.
  • Axborotni himoya qilishning mavjud tizimlari va texnik vositalarining ishlashi va samaradorligini nazorat qilish tekshiruvlarini o‘tkazish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • AJ IT infratuzilmasi dasturiy-apparat komplekslarini joriy qilish va rivojlantirishda ishtirok etish.
  • Tegishli qismida AJ IT infratuzilmasi obyektlarini yaratish (modernizatsiya qilish) uchun qisman tegishli texnik shartlarni ishlab chiqish va kelishish.
  • Avariya vaziyatlarning sabablarini taftish qilishda ishtirok etish.
  • Axborot xavfsizligi, axborotni himoya qilish uchun tizimlarini joriy etish ishtirok etish.
  • IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlar va AJ resurslarining uzluksiz ishlashi uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilishi va baholash.
  • AJ IT infratuzilmasining dasturiy-apparat komplekslarini loyihalash va ishlab chiqishda ishtirok etish.
  • Tarmoq arxitekturasini tashkil etish va qurish, AJ IT infratuzilmasini masshtablash va optimallashtirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish.
  • Uskunalar va uning uchun zarur dasturiy ta’minotni xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • AJ va telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari, shuningdek, AJ va axborot va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa uchinchi shaxslar o‘rtasidagi shartnomalar, kontraktlar va bitimlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish.
  • Bo‘lim vakolatlari doirasida AJ tomonidan sotib olingan tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlarini sotib olish uchun texnik talablarni tayyorlashda ishtirok etish.
  • AJning boshqariladigan avtomatlashtirilgan tizimlarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish.
  • Va boshqalar.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Axborot xavfsizligi
  • OTni ma’murlashtirish
  • Linux OT
  • Buyruqlar satrida ishlash
  • Tarmoqlar ishlashi
  • AD, DNS, DHCP
  • O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasidagi qonunlari, normativ hujjatlari va standartlari
  • Markazlashtirilgan boshqaruvga asosalngan virusga qarshi himoya tizimlari
  • Tarmoq jihozlari
  • Marshrutizatorlar
  • Svitchlar
  • Firewall

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Alexey.Kirillov@uzairways.com

Erkin.Alimov@uzairways.com