We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

«Uzbekistan Helicopters» MChJ kompyuter va orgtexnika xarid qilishga tanlov e’lon qiladi

Share on social media

Tanlov mazmuni: Quyida sanab o‘tilgan kompyuter va orgtexnikani xarid qilish.

t.r.

Nomlanishi

Miqdori

1

Idora ishlari uchun shaxsiy kompyuter (klaviatura, sichqoncha, 19'' monitor, muttasil ta’minlash bloki (UPS))

4

2

Idora ishlari uchun shaxsiy kompyuter (klaviatura, sichqoncha, 24'' monitor, muttasil ta’minlash bloki (UPS))

2

3

A-4 hajmdagi nurli printer

2

4

A-4 hajmdagi ko‘p tarmoqli qurilma (printer, skaner, nusxa ko‘chirgich)

1

To‘lov shartlari: shartnoma imzolangan kundan boshlab 15 bank kuni davomida shartnoma summasidan 15% o‘tkaziladi, oxirgi hisob-kitob 85% - yetkazib berilgan sanadan boshlab 30 bank kuni davomida.      

Тanlov takliflarida har bir mahsulot bo‘yicha alohida qiymat, texnikaviy xususiyatlar, yetkazib berish shartlari va muddati, kafolat majburiyatlari ko‘rsatilishi zarur.

Tanlovda muvofiq guvohnomalar va litsenziyalarga ega bo‘lgan tashkilotlar, firmalar, ishlab chiqaruvchilar  ishtirok etishi mumkin.   

Тanlovda qarzini to‘lay olmayotgan, faoliyati tugatilayotgan yoki qayta tuzilish bosqichidagi, belgilangan muddatlarda barcha zarur hujjatlarni taqdim eta olmagan, avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avval qabul qilingan majburiyatlarni tegishliligicha bajara olmagan, buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo‘lgan tashkilotlar va firmalarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

Тanlov takliflari quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

O‘zbekiston - 100167, Toshkent shahri Qumariq ko‘chasi, Aeroport.

«Uzbekistan Helicopters» MChJ direktori v.v.b. A.F.Safiullinga

e-mail: helicopters@uzairways.com.

Тanlov takliflarini qabul qilish muddati: 2021-yil 29.04. soat 17.00.gacha.

Тanlov takliflari pochta, faks, electron pochta orqali qabul qilinadi. 

Тanlov ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumotlarni +99871 2155664 (faks) telefoni orqali olishi mumkin.

Download PDF