We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Investitsiya loyihalari bo‘yicha mutaxassisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan 6 yilgacha

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi;
  • Tugallangan oliy maʼlumot: Fuqaro aviatsiyasi, iqtisodiyot, moliya, menejment;
  • Shunga oʻxshash lavozimda kamida 5 yillik ish tajribasi;
  • Oʻzbek, rus va ingliz tillarida ravon soʻzlasha olish;
  • Kompyuterdan ishonchli foydalanish ko‘nikmasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya, mehnat va maʼmuriy qonunchiligi boʻyicha fundamental bilimlar;
  • Ogʻzaki va yozma muloqot, muzokara olib borish hamda rasmiy yozishmalar koʻnikmalari;
  • Uyushqoq, masʼuliyatli, talabchan va mehnatkash;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati maqullanadi.

Vazifalari:

  • Boshqarma boshlig‘i va yuqori turuvchi rahbariyat topshiriqlarini tezkor va o‘z vaqtida bajarish.
  • Boshqarma boshlig‘i tomonidan unga topshiriladigan Boshqarma ishlarini samarali bajarish, belgilangan vazifalarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash.
  • “Uzbekistan Airways” AJning mavjud loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida samarali amalga oshirilishini ta’minlash.
  • “Uzbekistan Airways” AJning aviakompaniya faoliyatini takomillashtirish, uning biznes-jarayonlari va boshqaruv usullarini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, bozorda raqobatbardosh ustunliklarni qo‘lga kiritish, aviakompaniyaning yangi infratuzilmasini (shu jumladan rekonstruksiya, modemizatsiya yoki qurilish orqali) rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Shu bilan birga, iqtisodiy boshqarma tomonidan tayyorlangan biznes-tahlil va zarur bo‘lganda            boshqa            manbalardan   olingan            tahliliy ma’lumotlar (shu jumladan Boshqarmaning o’z tahlillari), shuningdek Strategik menejment boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Uzbekistan Airways” AJ strategiyasi asosida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Loyiha hujjatlari, shujumladan loyihalar ustavlari (pasportlari), konsepsiyalar, biznes­ rejalar, ТIA/ТIR va boshqa zarur hujjatlar ishlab chiqilishini, kelishilishini (ekspertizadan o‘tkazilishini) va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash.
  • Loyihalarni amalga oshirish jadvalini ishlab chiqishi va tasdiqlashda ishtirok etish.
  • Tasdiqlangan Loyihalarni amalga oshirish jadvallariga muvofiq:

а) “Uzbekistan Airways” AJ loyihalarining o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash.

b) loyiha bo‘yicha ishlar boshlangan paytdan boshlab va nazarda tutilgan natijalar bo‘linmagunga qadar, “Uzbekistan Airways” AJ loyihalarining barcha bosqichlarda amalga oshirilish monitoringini olib borish va zarur hollarda tuzatish choralari ko‘rilishini ta’minlash zarur.

v) loyihalarni boshqarish (project management) sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish;

g) o‘z  lavozim vazifalarini bajarish hajmida davlat va rus tillarini bilish, shuningdek kompyuter savodxonligi ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

  • O‘zbekiston Respubikasining investitsiya dasturini va O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturlarini, “Uzbekistan Airways” AJga tegishli qismida, shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish.
  • Boshqarmaning investitsiya loyihalari bo'yicha mutaxassisi “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi, Strategik menejment va investitsiya loyihalari departamenti direktori va Boshqarma bosblig‘ining qarorlari yoki topshiriqlaridan kelib chiqqan holda boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi va O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish dasturlari haqida bilimga ega bo‘lish
  • Loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilimlar
  • Texnik-iqtisodiy asoslash/texnik smetalarni ishlab chiqish

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com