We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

9-fevral - Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Share on social media

Alisher Navoiy
(1441-1501)

RUBOIYLAR

***
Ko‘k po‘yavu sayr ila talabgor sanga,
Kun sorg‘oribon ishqda bemor sanga,
Oy dog‘ ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.
***
Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
***
Jonimdog‘i «jim» ikki dolingg‘a fido,
 Anding so‘ng «alif» toza niholingg‘a fido,
«Nun»i dog‘i anbarin hilolingg‘a fido,
Qolg‘on iki nuqta ikki xolingg‘a fido.