We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Menejment va sifat tizimi (MST) mutaxassisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yerdagi xizmatni tashkillashtirish departamentining (YXTD) Yerdagi xizmat bo‘limi (YXB).
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Tugallangan oliy ma’lumot: fuqaro aviatsiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha.
  • Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Shaxsiy kompyuterdan va ofis texnikasidan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish.
  • Fuqaro aviatsiyasi sohasi bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lish.
  • Yo‘lovchi tashish va havo kemalariga yerda xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari va tartiblarini bilish.
  • “Uzbekistan Airways” AJning parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi siyosati, “Uzbekistan Airways” AJning sifat sohasidagi siyosati” PXTTning asosiy tamoyillarini bilish.
  • Ingliz tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat – ma’qullanadi.

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Tashqi xizmat ko‘rsatuvchi pudratchilarning MST va IOSA standartlariga muvofiqligini tekshirishda ishtirok etish.
  • Parvozlar xavfsizligi ko‘rsatkichlari tahlili hisobini yuritish.
  • Normativ-huquqiy hujjatlarni yanada tartibga solish va takomillashtirish maqsadida havo kemalariga yerda ishlov berish tartib-qoidalarini tartibga soluvchi me’yoriy va yo‘riqnoma hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
  • Shartnomalar bo‘yicha muvofiqlashda ishtirok etish.
  • Faoliyatining mohiyati bo‘yicha hisobot va monitoring olib borish.
  • YXTDning rejalari va tahlillarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
  • “Uzbekistan Airways” AJ havo kemalariga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Vakolatxonalarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.
  • Yerdagi xizmatlarini ko‘rsatuvchi servis kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish.
  • Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, zarur hujjatlar va qarorlarni talab qilish masalalari bo‘yicha IATA, IOSA, ICAO bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
  • Zarur xizmat ma’lumotlarini to‘plash.
  • Parvozlar monitoringi natijalari bo‘yicha hisobot yuritish.
  • Ish vazifalari doirasida kiruvchi yozishmalarni ko‘rib chiqish va ularga javob berish.
  • Va boshqalar.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja 
  • Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
  • MST standartlari 
  • Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati 
  • Havo kemalariga xizmat ko‘rsatish sifati
  • IOSA 
  • IATA 
  • ICAO 
  • Texnik hisobotlar 
  • Shartnomalar tuzish 
  • Ishbilarmonlik aloqalari 
  • Muzokaralar olib borish 
  • Ishbilarmonlik yozishmalari 

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Erkin.Alimov@uzairways.com