Davlat resurslari bilan hamkorlik qilish guruhi mutaxassisi
Share on social media
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompniyasi.
Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Tugallangan oliy ma’lumot: axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha.
- Davlat resurslari bilan hamkorlik qilish sohasidagi ish staji – 3 yildan kam emas.
- Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- AKT va me’yoriy-huquqiy baza bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lish;
- Ingliz tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat – ma’qullanadi.
Vazifalari:
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Guruh zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalaming bajarilishini ta’minlash;
- Ijro intizomini yagona idoralararo elektron tizimda (mt.ijro.uz, app.ijro.uz) tahrirlash;
- “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTdan keng qo‘llanilishini reyting baholash” (nis.uz) axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida sifatli kiritilishi va qo‘shilishini ta’minlash;
- “O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali” (open.data) tizimiga har chorak, oyda AJ tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;
- “Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri” (reyestr.uz) tizimiga yangi axborot tizimlari haqidagi ma’lumotlarni kiritishi;
- “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi” tizimiga (project.uz) ma’lumotlarni kiritish;
- Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Davlat statistik hisobotini elektron shaklda taqdim etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi” (e-stat 4.0) tizimiga kiritish;
- O‘zbekiston Respublikasining АКТ sohasidagi normativ-huquqiy bazasi talablari va takliflarini o‘rganish;
- Guruh rahbariga АКТ sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Va b.
- Rasmiy ishga joylashish.
- 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
- O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
- Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
- Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
- AKT bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar
- “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTdan keng qo‘llanilishini reyting baholash”
- “O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali”
- “Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri”
- “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi”
- “Davlat statistik hisobotini elektron shaklda taqdim etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi”
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin: