We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Korporativ munosabatlar va mulkni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Korporativ munosabatlar va mulkni nazorat qilish boshqarmasi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 8 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi:  to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Tugallangan oliy ma’lumot: iqtisod va/yoki muhandislik-iqtisodiyot va/yoki moliyaviy va/yoki yuridik mutaxassisliklar bo‘yicha.
  • Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Boshqaruv, uslubiy, me’yoriy hujjatlar va materiallarni tayyorlash bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lish.
  • “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zR Qonuni bilish.
  • Shaxsiy kompyuterdan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish.
  • Rahbarlik lazozimlaridagi ish staji – 5 yildan kam emas.
  • Korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar sohasida ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
  • Korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega bo‘lish (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tomonidan beriladi).
  • Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lish (Regulyator beriladi).
  • Ingliz tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat – ma’qullanadi.

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini joriy etish va uni xalqaro tajriba asosida takomillashtirish;
  • Jamiyat aksiyadorlarining huquqlari va mulkiy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
  • Qonun hujjatlarida va Jamiyat ichki hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalarning (buyruqlarning) bajarilishini ta’minlash;
  • Jamiyatning korporativ boshqaruv tizimi va amaliyotini takomillashtirishda, jumladan, korporativ boshqaruv bo‘yicha ilg‘or tajriba va tavsiyalarni qo‘llashda ishtirok etish;
  • Korporativ nizolarning oldini olish va hal qilishda ishtirok etish;
  • Jamiyat rahbariyatiga qonun hujjatlariga muvofiq Jamiyatning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqishda yordam ko‘rsatish;
  • Boshqarma vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tashqi tashkilotlarning boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha muzokaralari va seminar-treninglarida ishtirok etish;
  • Vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, korporativ nizolarning oldini olishda ishtirok etish;
  • Boshqarma faoliyatini muvofiqlashtirish va uning Jamiyatning xizmatlari, bo‘limlari, boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
  • Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organlari vakillari va uchinchi shaxslar bilan o‘z vakolatlari doirasida ish yozishmalarini olib borish va boshqa ish munosabatlarini amalga oshirish;
  • Jamiyat tomonidan Kuzatuv kengashi a’zolariga jo‘natilgan yozishmalar va Jamiyatga kelib tushgan yozishmalarni nazorat qilish;
  • Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idagi ma’lumotlar va real vaqt rejimida yangilanib turuvchi axborot resurslari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq o‘z vaqtida e’lon qilinishini ta’minlash.
  • Jamiyatning Ustavi va boshqa ichki hujjatlariga korporativ boshqaruv masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: ehtimoli mavjud.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Qimmatli qog‘ozlar
  • Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar
  • Korporativ boshqaruv
  • Moliyaviy tahlil
  • Biznes-reja tuzish
  • Akiyadorlar huquqlarini himoya qilish
  • O‘zbekiston Respublikasining qonunlari
  • Ish aloqalari
  • Rasmiy muzokaralar
  • Ish yozishmalari
  • Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Erkin.Alimov@uzairways.com