We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Uzbekistan Airways «ITB Berlin-2023» Xalqaro turistik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Share on social media

2023-yilning 7-9-mart kunlari “Uzbekistan Airways” AJ o‘zining xizmatlarini rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, aviaqatnovlarida xorijiy sayyohlarni ko‘paytirish maqsadida Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “ITB Berlin-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida “O‘zbekiston” milliy stendi ostida ishtirok etmoqda.

ITB Berlin xalqaro sayyohlik yarmarkasi 1966 yildan buyon dunyoning yetakchi savdo yarmarkasi hisoblanadi. Unda turizm industriyasining barcha segmentlari – xalqaro turizm federatsiyalari, milliy va mintaqaviy turizm tashkilotlari, sayyohlik hamda transport agentliklari, turoperatorlar, mehmonxonalar, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar ishtirok etishadi. O‘z navbatida, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar sayohat va dam olish bilan bog‘liq biznesning barcha turlarini namoyish etadilar.

Mazkur tadbir Uzbekistan Airways’ning Yevropa bozoridagi mavqeini mustahkamlash va parvozlar sonini oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyohlik agentliklar va operatorlar bilan muzokaralar olib borish uchun foydali platforma hisoblanadi.

Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq “O‘zbekiston” Milliy stendi turizm sohasidagi ishbilarmon doiralarning ham, individual turistlarning ham e’tiborini tortdi.

Uch kun davom etadigan ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilar va mehmonlarga Uzbekistan Airways’ning keng ko‘lamli xizmatlari, jumladan, havo kemalari parki, muntazam yoʻlovchi va yuk tashuvchi aviaqatnovlari, Yaqin Sharq, MDH, Janubi-Sharqiy hamda Markaziy Osiyo mamlakatlariga parvoz qiluvchi yangi yoʻnalishlar haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi.  

Mazkur xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etish O‘zbekistonning ulkan sayyohlik salohiyati va “Uzbekistan Airways” AJ xizmatlarini Germaniya va boshqa mamlakatlar fuqarolarida namoyish etish, O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishini ommalashtirish, yangi aloqalar o‘rnatish, Yevropa bozoridagi hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va potentsial sayyohlarni jalb etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways Frankfurt-Mayn shahriga haftasiga uch marta muntazam yoʻlovchi aviaqatnovlarni amalga oshiradi.   

Download PDF