We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Share on social media

Bolalar- bizning kelajagimiz

chdchd

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli. Shu munosabat bilan, “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatining yosh xodimlari xayriya aksiyasini tashkil etib, “Xalqobod” mahallasida istiqomat qiluvchi bolajonlarga sovg‘alar ulashdilar va ularni bayram bilan tabrikladilar.