We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga

Share on social media
anv

Alisher Navoiy (1441-1501)

RUBOIYLAR

***

Ko`k po`yavu sayr ila talabgor sanga,
Kun sorg`oribon ishqda bemor sanga,
Oy dog` ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.

***

Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo`qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.

***

Jonimdog`i «jim» ikki dolingg`a fido,
  Anding so`ng «alif» toza niholingg`a fido,
«Nun»i dog`i anbarin hilolingg`a fido,
Qolg`on iki nuqta ikki xolingg`a fido.

***

Bu qosid ishim ohu fig`on ayladilo,
Bu ruq`a tanimni notavon ayladilo,
Bu sa`b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonlig` ichim haloki jon ayladilo.

***

Nomangki, tirikligimdin uldur matlub,
Ochib o`qug`och bir necha lafzi marg`ub,
Ko`p to`lg`onib, ashk ichra o`zumdin bordim,
Ul nav`ki, suv ichiga tushgay maktub.

***

Nomangkim, erur boisi iqbolu tarab,
Etkursa tarab meni hazing`a, ne ajab,
Yolg`uz mendin ketarmadi ranju taab,
Kim bo`ldi base xalq hayotig`a sabab.

***

Bir aybg`a garchi xalq qilg`ay mansub,
Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub,
Sidq ersa xud etmak kerak o`z fe`lini xo`b,
Kizb ersa malomat dog`i bordur matlub.

***

Suv ko`zgusini bog` aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq ko`zgu,
Kim ko`zgu aning qoshida bo`lg`ay siymob.