We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

“O‘zbek tili bayramiga “1” kun qoldi”

Share on social media

alt

O‘zbekistonda so‘nggi bir asr davomida quyidagi yozuvlardan foydalanilgan:

• 1920-yilgacha arab yozuvi;
• 1920-1921-yillarda arab yozuvi isloh qilinib, 1929-yilgacha qo‘llanilgan;
• 1929-1940-yillarda lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi;
• 1940-yildan kirill-rus yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunni amalga kiritish tartibi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.