ESG – Uzbekistan Airways
Barqaror rivojlanish (ESG)
“Uzbekistan Airways” ekologik, ijtimoiy yo‘naltirilgan va ahloqiy tamoyillariga asoslangan masʼuliyatli aviatsiya kelajagini yaratishga intiladi.
Tabiat oldidagi masʼuliyatimiz
“Uzbekistan Airways”da biz ishonamiz: atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish — bu shunchaki korporativ strategiyaning bir qismi bo‘lib qolmay, balki zamonaviy aviatsiya tanlashi kerak bo‘lgan ongli yo‘ldir. Bizning sayyoramiz — umumiy uyimiz, shuning uchun har bir parvoz, har bir xizmat hamda faoliyatimizning har bir jihati ushbu uyni yanada toza, xavfsiz va barqaror qilishga qaratilgan.
Aviatsiya - odamlar va madaniyatlarni birlashtirishda muhim rol o‘ynashini chuqur anglashimiz, ekologiyaga e’tiborli munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Shuning uchun bizning maqsadimiz - sayohatni nafaqat qulay va xavfsiz, balki yanada mas’uliyatli qilishdir. Biz havo aloqasining rivojlanishi tabiat va barqaror kelajak tamoyillari bilan uyg‘un bo‘lishiga intilamiz.
Barqaror rivojlanish sari qadamlarimiz ➤ Batafsil
Energiya tejamkor flot
Havo kemalarimiz bortida bir marta ishlatiladigan plastmassa buyumlar va parchalanmaydigan materiallardan foydalanish bosqichma-bosqich kamayib bormoqda. Biz sifatli, xavfsiz va ekologik toza yechimlarga e’tibor qaratgan holda muqobil variantlarni izlamoqdamiz. Chiqindilarni saralash va qayta ishlash jarayonlariga tobora ko‘proq e’tibor qaratilmoqda — axir, muntazam amalga oshiriladigan eng oddiy qadamlar ham muhim natijalarga olib kelishi muqarrar.
Uglerod izining kamayishi
Ekologiyaga g‘amxo‘rlik - biz uchun ko‘plab kichik, ammo ahamiyatli harakatlarga asoslangan kundalik ishdir. “Uzbekistan Airways” parvozlarni tashkil etishdan boshlab, yer usti faoliyatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarda atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishga qaratilgan amaliyotlarni izchil joriy etmoqda.
Ekologik tashabbuslar
Biz parvoz yo‘nalishlari va jarayonlarini optimallashtirish orqali parvozlar samaradorligini oshirish, ortiqcha chiqindilar va yoqilg‘i sarfini kamaytirishga intilamiz. Kompaniyaning har bir bo‘linmasida resurslardan — elektr energiyasi, suv va materiallardan — tejamkorlik bilan foydalanish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.
Hamkorlik va ekologik madaniyat ➤ Batafsil
Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash
Kompaniya xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishga sarmoya kiritib, ular uchun xavfsiz hamda qulay mehnat muhitini ta’minlaydi.
Xavfsizlik va xizmat
Biz IATA va ICAO xalqaro standartlariga amal qilgan holda, parvozlarning eng yuqori darajadagi xavfsizligi hamda sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaymiz.
Ijtimoiy tashabbuslar
“Uzbekistan Airways” hududlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, xayriya loyihalari va madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.
Governance — Korporativ boshqaruv
Shaffoflik va etika
Say-harakatlarni birlashtirmasdan turib, tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishning imkoni mavjud emas. Biz xodimlarimiz va hamkorlarimiz o‘rtasida ekologik xabardorlikni rag‘batlantiramiz, tabiat resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga bo‘lgan hurmat madaniyatini shakllantirishga intilamiz.
Barqaror kelajak yo‘lida umumiy ish
Yo‘lovchilarimizning ishtiroki ham muhim ahamiyatga ega. Biz “Uzbekistan Airways”ni tanlagan har bir kishi o‘zini umumiy maqsad — musaffo osmon va barqaror kelajakni asrash yo‘lidagi hamkorimiz sifatida his qilishini istaymiz.
Mas’uliyatli rahbariyat
Biz ochiq muloqot, fikr almashish va birgalikda harakat qilish tarafdorimiz. Zero, ekologik mas’uliyat — bu faqat hisobotdagi band emas, balki aviatsiya va tabiat uyg‘unlikda yashaydigan dunyo sari uzluksiz, bosqichma-bosqich harakatdir.