Hamkorlik va madaniyat
Barqaror rivojlanish (ESG)
“Uzbekistan Airways” ekologik, ijtimoiy yo‘naltirilgan va ahloqiy tamoyillariga asoslangan masʼuliyatli aviatsiya kelajagini yaratishga intiladi.
Hamkorlik va madaniyat
Insonlarsiz barqaror rivojlanish mumkin emas.
Aynan shu sababli “Uzbekistan Airways” ekologik mas’uliyatni nafaqat korporativ tamoyillar majmuasi, balki xodimlar, yo‘lovchilar va hamkorlarni yagona maqsad — sayyorani kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash atrofida birlashtiruvchi ichki madaniyatning muhim qismi sifatida ko‘radi.
Biz yashayotgan olamga hurmat
Bu hurmat har bir xatti-harakatda — rahbarlar tomonidan xonalarida qabul qilinadigan qarorlardan boshlab, xodimlarning kundalik ish joylaridagi oddiy qadamlaridan namoyon bo‘ladi. Biz ekologik fikrlashni korporativ madaniyatimizning tabiiy qismiga, onglilikni esa kundalik odatimizga aylantirishga intilamiz.
Kompaniyadagi madaniyat
“Uzbekistan Airways” barcha darajalarda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat madaniyatini faol shakllantirmoqda. Biz xodimlarning chiqindilarni kamaytirish, resurslardan tejamkor foydalanish va ish joylarida ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini rag‘batlantiramiz.
O‘zaro aloqa va hamkorlik
Biz barqaror rivojlanish borasidagi qarashlarimizni qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini qadrlaymiz. “Uzbekistan Airways” hamkorlik munosabatlarini - ishonch, oshkoralik va ijobiy o‘zgarishlarga bo‘lgan umumiy intilish tamoyillari asosida qurishga harakat qilmoqda.
Har bir parvozdagi g‘amxo‘rlik
Mas’uliyatli sayohatlar
Sayohat - nafaqat bir nuqtadan ikkinchisiga o‘tish, balki butun dunyo bilan bog‘lanishning o‘ziga xos usuli hamdir. Biz yo‘lovchilarimiz “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasini tanlashlari ham ongli tanlov ekanligini his qilishlarini xohlaymiz.
Ekologik aviatsiya — bugungi kunning haqiqatidir
Har bir parvoz - aviatsiya zamonaviy, qulay va shu bilan birga atrof-muhitga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun imkoniyatdir. Biz ongli yo‘lovchi va mas’uliyatli aviakompaniya birgalikda sayyoraga g‘amxo‘rlik qilish yo‘lining tabiiy qismi bo‘lgan - sayohat madaniyatini yaratishiga ishonamiz.