Hamkorlar
Kod-sher hamkorlar
Kod-sher – birgalikda biror-bir yo‘nalishda parvozlarni bajarish (Kod-sher qatnovlar) bo‘yicha ikki va undan ortiq aviakompaniya o‘rtasidagi hamkorlik shakli. Bunda bevosita qatnovni bajaradigan aviakompaniya (amaldagi tashuvchi) hamkor aviakompaniyaga (Marketing tashuvchi) Kod-sher qatnovga xuddi o‘z qatnovi singari va o‘zining kodi bilan aviatashuvlarni sotishga imkon beradi.
“Uzbekistan airways” AJ Kod-sher doirasida 8 ta aviakompaniya bilan hamkorlik qiladi.
Elektron Interlayn-kelishuvlar bo‘yicha hamkorlar
Elektron Interlayn-kelishuv – bu elektron tashuv hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida shartnoma. Bunday kelishuv aviakompaniyaga hamkorining qatnoviga elektron chiptalar rasmiylashtirish huquqini beradi.
Bunday kelishuvlar tufayli aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i anchagina kengayadi va yo‘lovchilarga hamkor aviakompaniyaning tutashtiruvchi qatnovlarini hisobga olgan holda sayohat qilishlari uchun yo‘nalishlar ro‘yxati taklif etiladi.
Bunday aviachiptalar sotib olgan va 2 yoki undan ortiq aviakompaniyalarning bir necha qatnovi ishtirokida parvoz qiladigan yo‘lovchilarga ularning bagajlarini oxirgi boradigan manzillariga qadar birdaniga ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rinishidagi qulaylik beriladi. Shu tariqa yo‘lovchi o‘z bagajini tranzit aeroportda qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazishdan xalos bo‘ladi.
“Uzbekistan airways” AJ Interlayn-kelishuv doirasida yo‘lovchilarni aeroportdan keyingi manzilgagacha temir yo‘l orqali tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi «AccesRail» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Shu tariqa “Uzbekistan airways” AJ yo‘lovchilarida aviachiptalarini avia+t/y orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud: Toshkentdan/ga Frankfurtga/dan uchish quyidagi shaharlargacha temir yo‘l tashuvlari bilan birga tashkil qilish: Bazel, Berlin (Tegel), Berlin(Shenefeld), Bremen, Dortmund, Drezden, Dyusseldorf, Gamburg, Gannover, Kyoln-Bonn, Leypsig (Galle), Myunxen, Myunster/Osnabryuk, Nyurnberg, Shtutgart.
"Uzbekistan airways" AJning Interlayn-hamkorlari