Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Barqaror rivojlanish

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Barqaror rivojlanish (ESG)

“Uzbekistan Airways” ekologik, ijtimoiy yo‘naltirilgan va ahloqiy tamoyillariga asoslangan masʼuliyatli aviatsiya kelajagini yaratishga intiladi.

Kelajak haqida qayg‘urish bugundan boshlanadi ➤ Batafsil

Sayyoraga g‘amxo‘rlik fazoda boshlanadi

Biz aviatsiya global ekotizimning bir qismi ekanligini, shunigdek, faoliyatimiz tabiiy muvozanatni saqlash bilan bevosita bog‘liqligini tushunamiz. “Uzbekistan Airways” parvozlar samaradorligini oshirish, texnik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish hamda energiyani tejash va chiqindilarni kamaytirish imkonini beruvchi yechimlarni tanlash orqali atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishga intiladi.

Kelajak ongli yondashuvdan boshlanadi

Barqaror rivojlanish biz uchun doimiy takomillashuv jarayonidir. Biz zamonaviy ekologik texnologiyalarni o‘rganamiz, xalqaro tendensiyalarni kuzatib boramiz va ularni kundalik faoliyatimizga bosqichma-bosqich joriy etish yo‘llarini izlaymiz. Bu nafaqat texnika, balki madaniyat masalasidir: biz barcha xodimlarimiz orasida tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirib, ekologik tafakkurni kompaniyamizning korporativ qadriyatlarining ajralmas qismiga aylantirishga intilamiz.

Jamiyat oldidagi mas’uliyat

“Uzbekistan Airways” o‘z missiyasini faqat yo‘lovchilarni tashish bilangina cheklamaydi. Biz butun jamoalar hayotining bir qismimiz va ularning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga intilamiz. Bu mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, bandlik va infratuzilma rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishda o‘z ifodasini topadi.

Kelajak sari nigoh

Ishonchimiz komil, aviatsiyaning kelajagi — ongli qarorlar va osmonni yanada musaffo, sayohatlarni esa uyg‘un qiluvchi innovatsiyalar bilan bog‘liq. “Uzbekistan Airways” o‘z jarayonlarini takomillashtirishni, ekologik tamoyillarga asoslangan amaliyotlarni joriy etishni va har bir qadam - umumiy ezgulik sari qo‘yilgan hissa bo‘ladigan mas’uliyat madaniyatini shakllantirishni davom ettiradi.

Hamkorlik va ekologik madaniyat ➤ Batafsil

Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash

Kompaniya xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishga sarmoya kiritib, ular uchun xavfsiz hamda qulay mehnat muhitini ta’minlaydi.

Xavfsizlik va xizmat

Biz IATA va ICAO xalqaro standartlariga amal qilgan holda, parvozlarning eng yuqori darajadagi xavfsizligi hamda sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaymiz.

Ijtimoiy tashabbuslar

“Uzbekistan Airways” hududlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, xayriya loyihalari va madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.