Davlat resurslari bilan o‘zaro aloqalar guruhi mutaxassisi
Share on social media
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: IT-infratuzilmasini, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik departamenti
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: talab etilmaydi.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Axborot-kommuпikatsiya texnologiyalari sohasida oliy ma’lumot;
- Ish tajribasi maqullanadi;
- Davlat organlari faoliyati, idoralararo hamkorlik va davlat axborot resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish;
- Davlat va rus tillarini yaxshi bilish, ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi;
- Kompyuter, Microsoft Office dasturlari va elektron axborot tizimlaridan ishonchli foydalanish;
- Davlat elektron platformalari, axborot resurslari va rasmiy portallar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Rasmiy hujjatlarni tayyorlash rasmiylashtirish va ish yuritish, shuningdek, xizmat yozishmalarini olib borish ko‘nikmasi;
- Axborotlarni tahlil qilish, qayta ishlashva tizimlashtirish qobiliyati;
- Mas’uliyatlilik, ijrochilik intizomi, diqqat-e’tiborlilik va jamoada ishlash qobiliyati.
Vazifalari:
- DR bilan О‘AG zimmasiga yuklatilgan vazifalar va f'unksiyalaming bajarilishini ta’minlashi;
- “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTdan keng qo‘llanilishini reyting baholash” axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida sifatli kiritilishi va qo‘shilishini ta’minlashi;
- “О‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portal” (open.data) tizimiga har chorak, oyda AJ tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi m’lumotlarni kiritishi;
- “Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri” (reyestr.uz) tizimiga yangi axborot tizimlari haqidagi ma’lumotlarni kiritishi;
- “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi" tizimiga (project.uz) ma’lumotlarni kiritishi;
- Ахbоrot va telekommunikatsiya tizimlari sohasida ta’lim olishi;
- Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Davlat statik hisobotini elektron shaklda taqdim etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi” (e-stat 4.0) tizimiga kiritishi;
- О‘zbekiston Respbikasining АКТ sohasidagi normativ-huquqiy bazasi talablari va takliflarini o‘rganishi;
- AJda IRKB rahbariga АКТ sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni taqdim etishi;
- AJ rahbai·iyatining buyruq va ko'rsatmalariga muvofiq xizmat safarlariga chiqishi;
- Davlat, rus tillarini o‘z lavozim majburiyatlarini bajara olish darajasida bilishi zarur.
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
- Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Davlat organlari va tashkilotlari bilan samarali ishchan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- Davlat axborot tizimlari va elektron resurslari bilan ishlash;
- Rasmiy xatlar, so‘rovlar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
- Topshiriqlar ijrosi va belgilangan muddatlar ustidan nazorat olib borish;
- Ishchan muloqot va xizmat yozishmalarini yuritish ko‘nikmasi;
- Axborotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish;
- Jamoada ishlash va bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarish qobiliyati.
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: