We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

SAFA guruhining texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandis­ inspektori

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Parvozlar xavfsizligi va sifat ta'minoti boshqarmasi

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Aviatsiya, havo kemalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • Aviatsiya sohasidagi me’yoriy hujjatlar, havo kemalarining parvozga yaroqliligi va texnik xizmat ko‘rsatish talablari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
  • SAFA/SACA talablari va tartib-tamoyillarini bilish;
  • Havo kemalarining texnik holatini tekshirish va nomunofiqliklarni aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Havo kemalarining texnik hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • MS Office dasrturlarini yaxshi bilish; 
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini lavozim vazifalarini bajarish hajmida bilish;
  • Mas’uliyatlilik, tahliliy fikirlash, tashkiliy va muloqot ko‘nikmalari, jamoada ishlash qobiliyati. 

Vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi ma’muriyatida parvozlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini bilish va ularga rioya qilish.
  • Аviatsiya texnikasini (АТ) tayyorlash va ishlatish jarayonida aktsiyadorlik jamiyatining tarkibiy bo‘linmalari / korxonalari xodimlari tomonidan rejali ishlami bajarishning to‘liqligini tekshirish va tekshirish natijalari bo‘yicha xulosa berish;
  • Aviakompaniyani tekshirish dasturida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarni tayyorlash bilan “Ramp Inspection Program” doirasida havo kemalarini kompleks tekshirishda ishtirok etish;
  • Perronda amalga oshirilgan havo kemalarini tekshirish natijalari, shu jumladan xavf va xavfli omillami baholash natijalari bo‘yicha IMX ma’lumotlar bazasiga dolzarb ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish. Belgilangan muddatlarda aniqlangan mulohazalar bo‘yicha tuzatish harakatlarining bajarilishini nazorat qilish;
  • Kompleks tekshiruvlar natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlami tahlil qilish va umumlashtirish;
  • Aviakompaniyaning parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish va havo kemalarini kompleks inspektorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Nazorat qilinadigan va boshqa boshqaruv hujjatlarini, AJ PXSTB rahbarining ko‘rsatmalarini o‘z xizmat vazifalari doirasida sifatli va o‘z vaqtida bajarish;
  • AJ PXSTB boshlig‘i topshirig‘iga ko‘ra, havo kemasining texnik ekspluatatsiyasi va havo kemasining yerdagi shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan aviatsiya hodisalarini tekshirishda ishtirok etish, aktsiyadorlik  jamiyatining tarkibiy bo‘linmalarida/korxonalaridahodisalarini tekshirishning borishi va tekshirishlar natijalari bo‘yicha tavsiyalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Аviatsiya hodisalarining oldini olish, АТ AJga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni oshirish bo‘yicha profilaktika choralarini (tuzatish choralarini) isblab chiqish va amalga oshirishning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
  • “Uzbekistan Airways” AJ parvozlar xavfsizligi, sifat va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi siyosatini bilish;
  • Parvozlarga texnik (yerdagi) xizmat ko‘rsatish vaqtida xavfli omillami aniqlash va ulami ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlash tamoyillarini Ьilish;
  • Xavf oqibatlarini baholash tamoyillarini va parvozlar xavfsizligi uchun xavflami boshqarish jarayonlarini Ьilish;
  • AJ xodimlari о'rtasida parvozlar xavfsizligini ommalashtirishni ta’minlash;
  • Inspeksiya tekshiruvlari natijasida aniqlangan xavfli parvozlar xavfsizligi omillari to‘g‘risida PXSTB boshlig‘ini va tegishli yo‘nalish rahbarlarini xabardor qilish;
  • Har doim bo‘lim tomonidan olingan parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqish va o‘z vazifalarini bajarishda uning tavsiyalariga amal qilishi zarur.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Havok kemalarining texnik inspeksiyasini o‘tkazish;
  • Texnik hujjatlarni tahlil qilish;
  • Texnik nomuvofiqliklarni aniqlash va baholash 
  • SAFA/SACA talablarini bilish;
  • Parvozga yaroqlilik talablarini bilish;
  • Inspeksiya hisobotlarini tayyorlash;
  • Tahliliy fikrlash va detallarga e’tiborli bo‘lish;
  • Mas’uliyatlilik va xolislik;
  • MS Office ishonchli foydalanuvchi;

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com