We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

“Yaxshilig‘”

Share on social media

“Yaxshilig‘”

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig‘.
Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'?
Bori elga yaxshilig‘ qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!
Yaxshilig‘ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?