Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Yong‘inni o‘chirish (o‘t o‘chirgich) boshlang‘ich vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar uchun tanlov

11 Iyun 2020
138
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

«Uzbekistan Helicopters» MChJ muddatini uzaytirish hisobi bilan 2020-yil uchun yong‘inni o‘chirish (o‘t o‘chirgich) boshlang‘ich vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi tijorat takliflari uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlovning mazmuni: 

«Uzbekistan Helicopters» MChJ ma’muriy binosida yong‘inni o‘chirish (o‘t o‘chirgich) boshlang‘ich vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish.

Shartnomaviy shartlar: 

Eng yaxshi taklifni saralash bo‘yicha tanlovda mazkur faoliyat sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, qaysiki unda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan shartlarni bajaradigan tashkilotlar (yetkazib beruvchilar) va firmalar ishtirok etishi mumkin. Eng yaxshi taklifni saralash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

1. Xo‘jalik faoliaytini amalga oshirish uchun ruxsat (guvohnoma). 
2. Mazkur faoliyat sohasida ish tajribasi haqida axborot.
3. QQS ko‘rsatilishi majburiy, agar bor bo‘lsa. 

Ishlarni bajarganlik, qabul qilish va topshirishni tasdiqlovchi hujjat – bajarilgan ishlar dalolatnomasi hisoblanadi. 

Eng yaxshi taklifni saralash bo‘yicha tanlovda qarzini to‘lay olmayotgan yoki faoliyati tugatilayotgan, qayta tuzilish bosqichidagi, belgilangan muddatlarda barcha zarur hujjatlarni taqdim eta olmagan, avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avval qabullangan majburiyatlarni tegishliligicha bajarmagan, eng yaxshi taklifni saralash bo‘yicha tanlov e’lon qilinishidan avval 6  oydan kam vaqtda ta’sis qilinganlar, buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo‘lgan, shuningdek eng yaxshi taklifni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining talablariga tijorat hamda moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha javob bera olmaydigan tashkilotlar va firmalarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. 

To‘lov shartlari: 

Bajarilgan ishlar dalolatnomasi - ishlarni bajarganlik, qabul qilish va topshirishni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 

To‘liq hajmli to‘lov bajarilgan ishlar dalolatnomasini tomonlar imzolaganidan so‘ng amalga oshiriladi. 

To‘lov valyutasi: O‘zbekiston Respublikasi so‘mi. 

Xizmatlarni ko‘rsatish muddati: yong‘innni o‘chirish (o‘t o‘chirgich) boshlang‘ich vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazish muddati 40 ish kuni davomida. 

Eng yaxshi taklifni saralash bo‘yicha tanlovga tijorat takliflari xizmatlar narxi ko‘rsatilgan ho‘lda quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

Toshkent sh. – 100167, Qumariq ko‘chasi «Islom Karimov nomli «Toshkent» xalqaro aeroporti» MChJ hududida. 

Ma’lumotlar uchun telefon/faks (99871) 2155664, + 998909845734.

e-mail: helicopters@uzairways.com

Tijorat takliflari 2020-yil 26.06. soat 16.00.gacha qabul qilinadi. 
 

Download PDF