Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Qurilishni texnik kuzatib borish (texnik nazorat) xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha

23 Oktabr 2026
1
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

1.    Buyurtmachi
«Toshkent-Humo xalqaro aeroporti» MChJ.

2.    Obyektlar
Qurilishni texnik kuzatib borish (texnik nazorat) xizmatlari quyidagi obyektlarda amalga oshiriladi:
-    «Uzbekistan Airways Technics» MChJ bino va inshootlarini modemizatsiya va rekonstruksiya qilish»;
-    «Uzbekistan Airways Technics» MChJ hududida samolyotlar uchun ikkita angar qurish»;
-    «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida fuqarolik (biznes) aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish», shu jumladan:
-    «O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning birinchi shaxslari hamda hukumat delegatsiyalariga xizmat ko'rsatish binosi»;
-    «382 nafarga mo'ljallangan batalyon».

3.    Umumiy qoidalar
Mazkur texnik topshiriq «Toshkent-Humo xalqaru aeroporti» MChJ obyektlarida bajarilayotgan qurilish-montaj isblarini texnik kuzatib borish va texnik nazoratni amalga oshirish bo'yicha xizmatlami ko'rsatishga qo'yiladigan asosiy talabarni belgilaydi.

Texnik kuzatib borish qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan loyiha va ishchi hujjatlariga, amaldagi normativ-texnik hujjatlar, texnik reglamentlar, qurilish me'yorlari va qoidalari talablariga, shuningdek, tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiqligini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.

ljrochi texnik nazoratni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, shartnoma shartlari va mazkur texnik topshiriqda belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.

4.    Xizmatlarni ko'rsatish maqsadi
Xizmatlarni ko'rsatishdan asosiy maqsad qurilish-montaj ishlarining tegishli sifatda va loyiha yechimlariga muvofiq bajarilishini ta'minlash, ularning hajmi va bajarilish muddatlarini nazorat qilish, aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash hamda ularn1 bartaraf etilishini nazorat qilishdan iborat.

5.    Texnik kuzatib borishning asosiy vazifalari
ljrochi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
5.1.    Obyektlarda qurilish-montaj ishlarining bajarilish jarayoni ustidan doimiy va davriy texnik nazoratni amalga oshirish.
5.2.    Bajarilayotgan ishlarning tasdiqlangan loyiha va ishchi hujjatlariga, ishchi chizmalarga, texnik shartlarga hamda normativ-texnik hujjatlar talaЫariga muvofiqligini nazorat qilish.
5.3.    Bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati va haqiqiy hajmlarini nazorat qilish.
5.4.    Pudrat tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan isblarni bajarishjadvallariga va shartnoma majburiyatlarini bajarishning belgilangan muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish.
5.5.    Qo'llanilayotgan qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, uskunalar va butlovchi qismlarning loyiha hujjatlari, texnik shartlar, sifat sertifikatlari hamda normativ hujjatlar talaЫariga muvofiqligini tekshirish.
5.6.    Yashirin ishlar bajarilish sifatini nazorat qilish, ulami guvohlantirishda ishtirok etish va tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish.
5.7.    Mas'uliyatli konstruksiyalar, alohida bosqichlar va bajarilgan ish turlarini oraliq qabul qilishda ishtirok etish.
5.8.    Pudrat tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan bajarilgan ishlar hajmlarini, shu jumladan haq to'lash uchun taqdim etilayotgan ish hajmlarini tekshirish.
5.9.    Ijro hujjatlarining to'g'ri, to'liq va o'z vaqtida yuritilishini nazorat qilish.
5.10.    Nomuvofiqliklar, nuqsonlar, loyiha yechimlaridan chetga chiqishlar va normativ­ texnik hujjatlar talablarining buzilishi aniqlangan taqdirda, tegishli kamchiliklarni qayd etish hamda ularning pudrat tashkilotlari tomonidan bartaraf etilishini nazorat qilish.
5.11.    Pudrat va loyiha tashkilotlarining loyiha yechimlariga, qo' llanilayotgan materiallar, konstruksiyalar va ishlarni bajarish texnologiyalariga o'zgartirish kiritish bo'yicha takliflarini ko'rib chiqishda ishtirok etish.
5.12.    Ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish, yong'in xavfsizligi va xavfsizlikning boshqa majburiy talaЫariga rioya etilishini texnik nazorat vakolatlari doirasida nazorat qilish.
5.13.    Buyurtmachi, pudrat va loyiha tashkilotlari, mualliflik nazorati va qurilishning boshqa ishtirokchilari vakillari bilan obyektlarni amalga oshirish masalalari bo'yicha ishchi va ishlab chiqarish yig'ilishlarida ishtirok etish.
5.14.    Qurilish ishlarining joriy holati, aniqlangan muarnmolar, tasdiqlangan jadvallardan ortda qolish holatlari, ehtimoliy xatarlar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to' g'risida axborot tayyorlash. Pudrat tashkilotlari tomonidan aniqlangan kamchilik va e'tirozlarni ular to'liq bartaraf etilgunga qadar nazorat qilish.
5.15.    Qurilishi yakunlangan obyektlarni qabul qilishda, shuningdek obyektlami foydalanishga topshiri_shga tayyorlash bo'yicha tadbirlarda ishtirok etish.
5.16.    Obyektlarni Davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilish uchun zarur bo'lgan ijro va texnik hujjatlarni shakllantirish, ularning to'liqligi va tegishli tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qilish.

6.    Xizmatlar hajmi
Texnik kuzatib borish xizmatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-    mutaxassislarni qurilish obyektlariga chiqarish;
-    bajarilayotgan ishlarni vizual va hujjatli nazorat qilish;
-    bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmlarini tekshirish;
-    qurilish-montaj ishlarining sifatini nazorat qilish;
-    bajarilayotgan ishlaming loyiha yechimlariga muvofiqligini nazorat qilish;
-    qo'llanilayotgan qurilish materiallari, konstruksiyalar, uskunalar va buyumlar sifatini nazorat qilish;
-    yashirin ishlar guvohlantirilishida ishtirok etish;
-    mas'uliyatli konstruksiyalar va ishlarning alohida bosqichlarini qabul qilishda ishtirok etish;
-    ijro hujjatlarini tekshirish;
-    ijro hujjatlarin ng yuritilishi va to'liqligini nazorat qilish;
-    aniqlangan kamchilik va e'tirozlarni bartaraf etilishini nazorat qilish;
-    ishchi va ishlab chiqarish yig'ilishlarida ishtirok etish;
-    o'z vakolati doirasida texnik xulosalar, hisobotlar, dalolatnomalar, e'tirozlar va boshqa hujjatlarni tayyorlash;
-    qurilish-montaj ishlarini bajarish muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
-    qurilishni yakunlashjarayonini texnikjihatdan kuzatib borish;
-    obyektlarni qabul qilish va foydalanishga topshirishga tayyorlashda ishtirok etish;
-    Davlat qabul komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
-    ijro va texnik hujjatlarni foydalanuvchi tashkilotga topshirish uchun tayyorlashni nazorat qilish.

7.    Mutaxassislarga qo'yiladigan talablar
Ijrochi tegishli mutaxassislik bo'yicha ma'lumotga, zarur kasbiy tajriba va malakaga ega bo'lgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda zarur ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo'lgan malakali mutaxassislarnijalb etishni ta'minlashi shart.
Ijrochi mutaxassislari tarkibida obyektlarning xususiyati va bajarilayotgan ishlar turidan kelib chiqqan holda quyidagi mutaxassislar bo'lishi nazarda tutiladi:
-    texnik nazorat bo'yicha muhandis;
-    muhandis-quruvchi;
-    muhandislik tarmoqlari bo'yicha mutaxassis;
-    elektr ta'minoti va elektr tizimlari bo'yicha mutaxass.is;
-    ishlar hajmi va smeta hujjatlarini nazorat qilish bo'yicha mutaxassis;
-    obyektlarning xususiyati va bajarilayotgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda boshqa tegishli mutaxassislar.
Mutaxassislarning soni va tarkibi qurilish ishlarining hajmi, murakkaЫigi, davomiyligi va xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ijrochi mutaxassislari xizmat ko'rsatishning butun davri davomida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalami sifatli va o'z vaqtida bajarishni ta'minlashi shart.

8.    O'zaro hamkorlik tartibl
Ijrochi quyidagilar bilan hamkorlikda ish olib boradi:
-    «Toshkent-Humo xalqaro aeroporti» MChJning tarkibiy bo'linmalari;
-    «Uzbekistan Airways» AJ;
-    pudrat tashkilotlari;
-    loyiha tashkilotlari;
-    mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlar;
-    foydalanuvchi tashkilotlar;
-    qurilishning boshqa ishtirokchilari.
Pudrat tashkilotlari texnik nazorat mutaxassislarining qurilish obyektlariga erkin kirishini, shuningdek zarur loyiha, ishchi, ijro va boshqa texnik hujjatlar bilan ta'minlanishini kafolatlashi shart.

9.    Hisobot berish
Xizmatlar ko'rsatish natijalari bo'yicha Ijrochi Buyurtmachiga quyidagilarni taqdim etadi:
-    texnik kuzatib borish bo'yicha bajarilgan ishlar to'g'risida oylik hisobot;
-    qurilishningjoriy borishi to'g'risida ma'lumot;
-    qurilish-montaj ishlarining haqiqiy bajarilgan hajmlari to'g'risida ma'lumot;
-    aniqlangan qoidabuzarliklar, kamchiliklar va e'tirozlar ro'yxati;
-    avval berilgan e'tirozlarni bartaraf etish holati to'g'risida ma'lumot;
-    loyihalarni amalga oshirish muddatlarining buzilishi bilan bog'liq mavjud xatarlar to'g'risida ma'lumot;
-    zaruratga ko'ra ishlarning borishi bo'yicha fotofiksatsiya;
-    Ijrochining vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha texnik xulosalar va tavsiyalar;
-    ijro hujjatlarining holati to'g'risida ma'lumot;
-    xizmatlar ko'rsatish yakunlari bo'yicha yakuniy hisobot.

10.    Xizmatlar ko'rsatish natijasi
Xizmatlarni ko'rsatish naЩasida qurilishni sifatli texnik kuzatib borish, bajarilgan ishlarning sifati va hajmlarini, ularning loyiha yechimlari hamda normativ-texnik hujjatlar talaЫariga muvofiqligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, shuningdek obyektlarni qabul qilish va keyinchalik foydalanuvchi tashkilotlarga topshirish uchun zarur bo'lgan ijro va texnik hujjatlarning to'liq shakllantirilishini ta'minlash talab etiladi.

11.    Ijrochining javobgarligi
Ijrochi O'zbekiston RespuЫikasi qonunchiligi va shartnoma shartlarida belgilangan doirada mazkur texnik topshiriqda nazarda tutilgan xizmatlami sifatli va o'z vaqtida bajarish uchun javobgar hisoblanadi.
Ijrochi aniqlangan qoidabuzarliklar, loyiha yechimlaridan chetga chiqishlar, bajarilgan ishlar sifati yoki hajmlarining belgilangan talaЫarga nomuvofiqligi, isblarni bajarish muddatlarining buzilishi hamda loyihalarning sifati, qiymati yoki amalga oshirish muddatlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar to'g'risida Buyurtmachini o'z vaqtida xabardor qilishi shart.

12.    Xizmatlar ko'rsatish muddati
Xizmatlar ko'rsatish muddati shartnoma shartlari bilan belgilanadi hamda tegishli obyektlar bo'yicha qurilish-montaj isblarini bajarishning tasdiqlangan jadvallarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Zarur hollarda xizmatlar ko'rsatish muddati qurilish ishlari to'liq yakunlangunga qadar, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar, ijro hujjatlari to'liq shakllantirilgunga qadar, obyektlarni qabul qilish va zarur hujjatlarni foydalanuvchi tashkilotga topshirish ishlari yakunlangunga qadar uzaytirilishi mumkin.

Download PDF