Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

«Uzbekistan Helicopters» MCHj ish joylarini mehnat sharoitlari va jihozlarlardan jarohatlanish xavfliligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish uchun eng yaxshi taklifni saralab olish borasida tanlov e’lon qiladi

15 Aprel 2021
85
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Xizmat ko‘rsatish shartlari: ish joylarini mehnat sharoitlari va jihozlarlardan jarohatlanish xavfliligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish (ishlab chiqarish muhiti omillarining darajasini o‘lchash, mehnat sharoitlarining gigienik me’yorlarga muvofiqligini baholash, ishlab chiqarish jihozlaridan jarohatlanish xavfliligini baholash, xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligini baholash, korxonaning nogironlar mehnatidan foydalanish sanitar-texnik holati pasportini to‘ldirish)

Ishni o‘tkazishning kafolatli muddatlari shartnomada tasdiqlanadi.

To‘lov valyutasi: milliy valyuta – so‘m.

To‘lov shartlari: shartnoma summasidan 15% shartnoma imzolangan kundan boshlab 15 ish kuni davomida o‘tkaziladi, yakuniy hisob-kitob 85% – bajarilgan ishlar dalolatnomasi va bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida hisob-faktura imzolangan sanadan boshlab 30 taqvim kuni davomida.

Tanlov shartlari: Tanlovda faoliyatning mazkur sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov g‘olibi u g‘olib deb e’lon qilingan kundan boshlab 6 oy davomida shartnoma qiymati saqlanishini ta’minlashi lozim.

Eng yaxshi taklifni saralab olish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

1. Sinov laboratoriyasining akkreditatsiyasi haqida guvohnoma;

2. Ko‘rsatilgan xizmatlarni taqdim qilish litsenziyasi (agar faoliyat litsenziyalangan bo‘lsa);

3. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (guvohnoma);

4. Mehnat muhofazasi sohasida xizmat ko‘rsatish bozori kasbiy ishtirokchilarining yagona ro‘yxat daftariga tirkalganligi haqida guvohnoma;

5. Mutaxassislarning mehnat muhofazasi bo‘yicha malakaviy shahodatnomasi (faqat mazkur shahodatlanayotgan tashkilot shtatida faoliyatini amalga oshirayotgan kamida 3ta mutaxassis);

Eng yaxshi takliflarni saralab olish bo‘yicha tanlovda:

  • qarzini to‘lay olmayotgan, faoliyati tugatilayotgan yoki qayta tuzilish bosqichidagi;
  • belgilangan muddatlarda barcha zarur hujjatlarni taqdim eta olmagan;
  • avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avval qabul qilingan majburiyatlarni tegishliligicha bajara olmagan;
  • tanlov e’lon qilinishidan avval 6 oydan kam vaqtda ta’sis qilinganlar;
  • buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo‘lgan tashkilotlar;
  • eng yaxshi takliflarni saralab olish bo‘yicha komissiyaning tijoriy yoki moliyaviy sharoitlari bo‘yicha talablariga javob bermaydigan tashkilotlar va firmalarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

Xizmat ko‘rsatish qiymati ko‘rsatilgan eng yaxshi takliflarni saralab olish borasida tanlovga tijorat takliflari quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100167, Тoshkent sh. Qumariq ko‘chasi, Aeroport, «Uzbekistan Helicopters» MChJ uchun

Telefon/faks: (71) 2155664, (97) 7601825

E-mail: helicopters@uzairways.com.

Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmalar 2021-yil 25-aprel soat 17.00.gacha qabul qilinadi.

Download PDF