Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) 23-yanvar 2023-yilda chop etilgan e’longa muvofiq, “Uzbekistan Airways” AJga tegishli ayrim havo kemalarini sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlanganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.
Tender: https://corp.uzairways.com/uz/aviatsiya-texnikasi-sotuvga-qoyiladi-0
Buyuk Britaniyaning ACC Aviation kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Maslahatchi) sotish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi sifatida jalb etilgan.
Natijada, belgilangan muddatlarda:
Lot 1 bo‘yicha:
- 6 ta talabgorlarlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) arizalari kelib tushgan;
Lot 2 bo‘yicha:
- 11 ta talabgorlarlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) arizalari kelib tushgan.
Maslahatchi tomonidan talabgorlar takliflari savdo jarayonining ushbu bosqichida belgilangan talablarga, shu jumladan, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari, to‘lovga qobiliyatlilik darajasi o‘rganildi va uning tavsiyasiga asosan 5 nafar (Lot 1 bo‘yicha 2 ta hamda Lot 2 bo‘yicha 3 ta) talabgorlar savdo jarayonlarining navbatdagi Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichiga o‘tkazildi.
Majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) bosqichiga o‘tgan ishtirokchilarga ushbu bosqich jarayonlari va muddatlarni o‘z ichiga olgan jarayonlar to‘g‘risida xat (Process Letter) hamda Maslahatchi tomonidan tayyorlangan havo kemalarining texnik va uchish ko‘rsatkichlari bilan va bevosita havo kemalarini tegishli texnik qismlari bilan tanishish imkoniyati beriladi.
“Uzbekistan Airways” AJ, Davaktiv agentligi va ACC Aviation kompaniyasi sotish jarayoniga qiziqish bildirgan va takliflar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda havo kemalarini sotib olish bo‘yicha keyingi bosqichga muvaffaqqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi jarayon bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.