Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

"O'zbekiston Helicoptsers" MChJ konditsionerlarni o'rnatish, yoqilg'i quyish va profilaktik parvarishlash va parvarish qilish bo'yicha tanlov e'lon qiladi

3 May 2021
70
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Tanlov mazmuni: “O'zbekiston Helcopters” MChJ binosida o'rnatilgan konditsionerlarni o'rnatish, yoqilg'i quyish va profilaktik parvarishlash bo'yicha xizmatlarni taqdim etish.

To‘lov shartlari: shartnoma imzolangan paytdan boshlab 15 bank kuni davomida shartnoma summasidan 15% oldindan to‘lov, qolgan 85% - bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangandan so‘ng 15 bank kuni davomida.      

Ishlarni bajarish muddati: 2021 yil davomida.

Tanlovda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ishlarni bajarish huquqiga muvofiq guvohnomalar va litsenziyalarga ega bo‘lgan ixtiyoriy tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.   

Тanlov takliflarida xizmatlarni ko‘rsatish muddati, shartlari va qiymati ko‘rsatilishi zarur.

Тanlovda qarzini to‘lay olmayotgan, faoliyati tugatilayotgan yoki qayta tuzilish bosqichidagi, belgilangan muddatlarda barcha zarur hujjatlarni taqdim eta olmagan, avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avval qabul qilingan majburiyatlarni tegishliligicha bajara olmagan, buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo‘lgan tashkilotlar va firmalarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

Тanlov takliflari quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

O‘zbekiston - 100167, Toshkent shahri Qumariq ko‘chasi, Aeroport.

«Uzbekistan Helicopters» MChJ direktori v.v.b. A.F.Safiullinga

e-mail: helicopters@uzairways.com.

Tanlov takliflarini qabul qilish muddati uzaytiriladi: 2021-yil 14.05. soat 17.00.gacha.

Тanlov takliflari pochta, faks, electron pochta orqali qabul qilinadi. 

Тanlov ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumotlarni +99871 2155664 (faks), +99890 9845734 telefonlari orqali olishi mumkin.

Download PDF