Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

E'lon

5 Noyabr 2020
78
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

«Uzbekistan Helicopters» mas’uliyati cheklangan jamiyat O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 16.04.dagi 210-sonli «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash haqida» qonuniga amal qilgan holda va O‘zR VM 2009-yil 24.06.dagi 177-sonli qarori, 2020-2021-yillarga sug‘urta polisini olish maqsadida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha xizmat uchun sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

To‘lov shartlari:

Sug‘urta mukofoti ish beruvchi tomonidan sug‘urtachining hisob raqamiga 100% oldindan to‘lov bilan shartnoma imzolangan paytdan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida bir marta to‘lanadi.

To‘lov valyutasi – milliy valyuta – so‘m.

Majburiy shartlar:

Sug‘urtachining majburiyatlari sug‘urta mukofoti sug‘urtachining hisob raqamiga kelib tushgandan so‘ng kuchga kiradi va majburiy sug‘urtalashning sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urtalash davrining oxirgi sanasida tugaydi.

Sug‘urta kompaniyasining faoliyati litsenziyalangan bo‘lishi lozim. Milliy shkala bo‘yicha moliyaviy ishonchlilik reytingi berilganligi haqida guvohnoma bo‘lishi shart.  

Тomonlarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29.08.dagi 670-I-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining huquqiy-shartnomaviy bazasi haqida» qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.  

Тijorat taklifiga sug‘urta kompaniyasining faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar (lisenziya, guvohnoma) ilova qilinishi zarur.  

Тanlovda faoliyatning ushbu turini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan kompaniyalar ishtirok etish huquqiga egadir.

Тanlovga buyurtmalar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100167, Тoshkent sh., Qumariq ko‘chasi aeroport, «Uzbekistan Helicopters» MChJ uchun

Тelefon: (71)215-56-64, (97)760-18-25

Е-mail: helicopters@uzairways.com

Тanlovda ishtirok etish uchun buyurtmalarni qabul qilish 2020-yil 16-noyabr 17.00.gacha amalga oshiriladi.  

Download PDF