Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Xonalarni dezinseksiya qilish bo‘yicha xizmatlar uchun tanlov

25 Noyabr 2019
61
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

"Ketring" mas'uliyati cheklangan jamiyati xonalarni dezinseksiyasi bo‘yicha xizmatlarga tanlov o‘tkazadi.

Ishlarning asosiy ro‘yxati.

Uchib yuruvchi va sudralib yuruvchi hasharotlarga qarshi ishlov berish.

Umumiy ishlov berish maydoni – 1715 kvadrat metr.

To‘lov shartlari:

Avans to‘lovining summasi: 15% miqdorida; Avans to‘lovining muddati: 10 kalendar kuni davomida; Qolgan 85% pul vositalarini o‘tkazilish muddati - ishni bajarilish dalolatnomasini imzolanganidan keyin. To‘lov valutasi – milliy valuta – so‘m.

Yetkazib berish sharti

Majburiy shartlar:

  • Faoliyat litsenziyaga ega bo'lishi kerak (agar kerak bo'lsa);
  • Maxsus toifalangan davlat ob'ektlarida ishlash uchun kirish imkoniyati, «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasining aviatsiya korxonalarida va aeroportda kirishni boshqarish va ichki rejimlarni tashkil etish bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishish.
  • Aeroportda aviatsiya xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
  • Pudratchining Shartnomada ko'rsatilgan yuridik manzilida ofis bo'lishi kerak;
  • Ishlarni bajarish uchun tegishli hujjatlar mavjudligi.
  • Pudratchi taqdim etilgan xizmatlar uchun narxlar ro'yxati yoki narxlar ro'yxatini taqdim etadi.
  • Tomonlarning javobgarligi O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 670-I-sonli "Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining huquqiy asoslari to'g'risida" gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
  • Guvoxnoyga biriktiring. Akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnomaning majburiy ravishda mavjudligi;

Alohida shartlar:

Yetkazib beruvchi O‘zbekiston bozorida ishlashi shart va ro‘yxatdan o‘tgan ofis bilan shahar telefoniga ega bo‘lishi kerak.

Konkursda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi-zavodlar, chet el va mamlakatimizning firmalari va tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun cheklovlar:

Tanlovda quyidagilarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:

  • Qayta tashkil etish holatida bo‘lgan, faoliyati tugatilgan yoki bankrot holatdagi, barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim eta olmagan tashkilotlar va firmalar;
  • Sudlov yoki arbitraj tekshiruvlari holatida bo‘lgan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni tegishlicha bajarmagan buyurtmachilar bilan;
  • Tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha konkurs komissiyasi talablariga javob bermaydiganlar bilan.

Tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O‘zbekiston, 100028, Toshkent shahri, I.A.Karimov nomidagi «Toshkent» Xalqaro aeroporti

«Ketring» MChJning direktor o‘rinbosari B.T. Azimovga

Ma’lumot uchun telefon: 215-61-34, tel/faks: 255-25-68

E-mail: dogovoratashkent@mail.ru

Tijorat takliflari 2019-yil 02-dekabrgacha pochta, faks, elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Download PDF