Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

«Uzbekistan airways» AJ samolyot dvigatelini tashish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish va tashkil etish uchun tanlov e'lon qiladi

7 May 2020
92
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Tender mavzusi: B-767 P / N: PW4062-3 samolyot dvigatelini tashish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish va tashkil etish.

Texnik ma'lumot:

Umumiy o'lchovlar (taxminiy):

Uzunligi - 553 sm, Kengligi - 243 sm, Balandligi - 271 sm.

Og'irligi - 7400 kg.

Xavflik sinfi: 3-SINF UN3528.

Jo'natish joyi:

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov xalqaro aeroporti

Yetkazish joyi: AQSh, Atlanta, Jorjiya, 30320.

To'lov shartlari: 15% oldindan to'lov, qolgan 85% - yuk etkazib berilgandan keyin 45 bank kuni ichida.

To'lov valyutasi - O'zbekiston so'mi, AQSh dollari (agar agent O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lsa).

Tijorat taklifiga xizmatlar qaysi stadartlar (TU) bo'yicha ko'rsatilayotganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yoki muvofiqlik sertifikati ilova qilinsin. Xizmat ko'rsatuvchi provayder ushbu sohada tajribaga ega bo'lishi kerak. Barcha ishlar / xizmatlar o'z vaqtida va yuqori sifatli bajarilishi kerak.

Tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Qaerda: O'zbekiston Respublikasi, 100167, Toshkent shahri, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, "Uzbekistan Airways" AJ Xridlar departamenti.

Kimga: Xaridlar departamenti direktori R.D. Alimxodjaevga

Telefon / faks: (+998 71) 254-85-92

Elektron pochta manzili: uzblog@uzairways.com; olga.sidoryuk@uzairways.com

Tanlov ishtirokchilari qo'shimcha ma'lumotni quyidagi raqamlar orqali olishi mumkin: +99890 9300343, elektron pochta: olga.sidoryuk@uzairways.com

Tijorat takliflari 2020-yil 13-may Toshkent vaqti bilan soat 15.00 qadar qabul qilinadi.

Download PDF