Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

“Uzbekistan Airways ” AJ aviatsiya kerosinini xarid qilish  yuzasidan ochiq tender e'lon qiladi

19 Mart 2021
347
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

1. Tender komissiyasi ishchi organining nomi: “UZBEKISTAN AIRWAYS ” AJ, Xarid qilish departamentining shartnomalar bo'limi, Toshkent sh., GSP-100060, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41.

Tel/e-mail: (+99871) 255 35 24, uzblog_peo@uzairways.com;

2. Tender mavzusi: tender hujjat asosida fuqaro aviatsiyasi havo kemalari reaktiv dvigatellari uchun 150000 tonna miqdorida aviatsiya kerosinini xarid qilish 84 750 000 AQSh.

3. To‘lov shartlari: shartnoma kuchga kirgan kundan e’tiboran 10 bank kuni davomida yetkazib berish oylik normasining 15% dan 50% gacha oldindan to‘lov, qolgan summa tovar yetkazib berilgandan so‘ng 30 bank kuni davomida. Muqobil to‘lov shakli (100% oldindan to‘lov, akkredetiv va h.k.) qabul qilinmaydi.

4. Yetkazib berish shartlari va muddati: DAP O‘zbekiston chegarasi (INKOTERMS-2020) oldindan to‘lov vaqtidan e’tiboran uzog‘i bilan 30 kalendar kuni davomida.

5. Tender ishtirokchisi uchun Tender hujjatini Tender komissiyasi ishchi organidan yozma so‘rovnoma bo‘yicha bepul olish mumkin.

6. Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 2021 - yil 07- aprel soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).

7. Tenderni o‘tkazish sanasi: 2021 - yil 08-09 - aprel.

Download PDF