Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

E'lon

17 Iyun 2020
59
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

«Uzbekistan Helicopters» MChJ korxona qayta tuzilishi munosabati bilan buxgalteriya hisobi va soliq solish masalalarida aloqador xizmatlarni ko‘rsatish, jumladan ajratuvchi balans tuzish masalalari bo‘yicha eng yaxshi taklifni saralab olish tanlovini o‘tkazadi.

Saralab olish ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- Mazkur sohada kamida 5 yillik ish tajribasi;

- Muvofiq guvohnomalarning bo‘lishi majburiy.

To‘lov shartlari: shartnoma imzolangan sanadan boshlab 5 ish kuni davomida shartnoma umumiy yig‘indisidan - 15% oldindan to‘lov. Oxirgi to‘lov hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida 5 ish kuni davomida.

Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 oy;

Eng yaxshi taklifni saralab olishda buxgalteriya hisobi va soliq solish masalalarida aloqador xizmatlarni ko‘rsatish sohasida muvofiq ish tajribasiga ega bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Takliflar firmaning tayyor ish qog‘ozlarida tashkilot rahbarining imzosi bilan rasmiy muhri (taklifning taxminiy fikrlari skanerlanib elektron pochta vositalari bilan yuborilishiga ruxsat etiladi) hamda so‘ralgan axborot mazmuniga ega bo‘lgan holda taqdim etilishi mumkin.

Takliflar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi, 100167, Toshkent sh., Qumariq ko‘chasi Aeroport yoki helicopters@uzairways.com elektron manziliga

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (99871) 2155661

Takliflarni qabul qilish 2020-yilning 30-iyuni soat 12.00.gacha amalga oshiriladi.

To‘liqsiz axborotga ega bo‘lgan yoki yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar majmui to‘liq bo‘lmagam holda hamda ko‘rsatilgan muddatdan keyin yuborilgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

Download PDF