Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

E'lon

12 May 2020
148
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

«Uzbekistan Airways» AJ ma’muriy va ijaraga olingan binolaridagi maishiy konditsionerlar (split sistemalar)ga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, shuningdek, maishiy texnika (muzlatgichlar, mikroto'lqinli pechlar, elektr choynaklar va boshqa jihozlar)ni ta'mirlash bo'yicha eng yaxshi tijorat taklifi uchun tanlov e'lon qiladi.

Tanlov mavzusi: «Uzbekistan Airways» AJ ma’muriy va ijaraga olingan binolaridagi maishiy konditsionerlar (split sistemalar)ga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, shuningdek, maishiy texnika (muzlatgichlar, mikroto'lqinli pechlar, elektr choynaklar va boshqa jihozlar)ni ta'mirlash.

ShARTNOMA ShARTLARI:

To'lov shartlari: ta'mirlash ishlari davomida taqdim etiladigan nuqsonli dalolatnoma asosida tomonlar imzolagan bajarilgan ishlar dalolatnomasi ishlarning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. To'liq to'lov bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-fakturasi imzolangandan keyin 10 kun ichida amalga oshiriladi.

To'lov valyutasi: O'zbekiston Respublikasi so'mi.

Xizmat ko'rsatish shartlari: «Uzbekistan Airways» AJ ma’muriy va ijaraga olingan binolaridagi maishiy konditsionerlar (split sistemalar)ga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarining barcha turlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Murakkab maishiy texnika (muzlatgichlar, mikroto'lqinli pechlar, elektr choynaklar va boshqa jihozlar)ni ta'mirlash islari zaruratga qarab mutaxassislarni chaqirgandan so'ng belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bajarilgan ish uchun kafolat muddati shartnomada tasdiqlanadi.

Tanlov shartlari:

Tanlovda talab etiladigan shartlarni bajargan va ushbu sohada kamida 3 yillik tajribaga ega bo'lgan firma va tashkilotlar (etkazib beruvchilar) eng yaxshi taklifni tanlash uchun tanlovda qatnashishlari mumkin. Eng yaxshi taklifni tanlab olish tanlovda qatnashish istagidagilar quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:

1. Ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun litsenziya (agar faoliyat litsenziyalangan bo'lsa).

2. Akkreditatsiya to'g'risidagi guvohnoma.

3. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (sertifikat).

4. Ko'rsatilgan jihozlarni ta’mirlash va ushbu sohadagi ish tajribasi to'g'risida ma'lumot.

E'lon matniga 1-ilova tijorat taklifining ajralmas qismi hisoblanadi.

Ishning bajarilishini tasdiqlovchi hujjat bajarilgan ish dalolatnomasi va schyot-faktura hisoblanadi.

Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida bo'lgan, barcha zarur hujjatlarni o'z vaqtida taqdim etmagan, oldindan tuzilgan shartnomalar bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni nomuvofiq ravishda bajargan, mijozlar bilan sud yoki hakamlik muhokamasi holatida bo'lgan, tanlov e'lon qilinishidan kamida olti oy oldin tashkil etilgan, belgilangan. Tijorat va moliyaviy ko'rsatkichlar bo'yicha eng yaxshi taklifni tanlash bo'yicha komissiya talablariga javob bermaydigan tashkilotlar va firmalarning tanlovda qatnashishiga yo'l qo'yilmaydi.

Tanlovga arizalar va tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O'zbekiston, GSP 1000060, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 41

Kimga: eng yaxshi takliflarni tanlash bo'yicha Komissiya, eng yaxshi takliflarni tanlash bo'yicha komissiya Raisi Qo'shimcha ma'lumot uchun (99878) 140-45-68 telefan raqami, Rinat.Bagautdinov@uzairways.com elektron manzili orqali murojaat qilinsin.

Tijorat takliflari 2020-yil 25-mayga qadar har kuni soat 09.00dan 17.00gacha qabul qilinadi.

Ilova

Download PDF