«Uzbekistan Airways Technics» Aviakorxonasi («UAT» AK)
Umumiy ma’lumotlar:
“O‘zbekiston Havo Yo‘llari” aviakompaniyasining tarkibiy bo‘linmasi «Uzbekistan Airways Technics» Aviakorxonasi («UAT» AK) O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida joylashgan. «UAT» AK samolyotlar, dvigatellar va ularning komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohasida 90 yillik tajribaga ega. Hozirgi vaqtda korxona (RB211 RR, PW 2000 dvigatelli ) Boeing 757, (PW 2000, GE, CF6 dvigatelli ) Boeing 767, (PW4000 dvigatelli )Airbus 300/310 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, IL-76TD samolyotlari, AI-25 dvigatellari, TA-6, TA-6A, TA-8 – yordamchi kuch qurilmalarini ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan.
«Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasining qulay geografik joylashuvi - “Toshkent” xalqaro aeroportiga hududidiy tutashganligi, turli rusumdagi havo kemalarini qabul qilish, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkonini beradi. «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasining angar oldi maydonlari “Toshkent-janubiy” aeroportining samolyotlarni boshqaruv yo‘lakchalari tizimi bilan bog‘langan.
Bizning bilimlarimiz, xodimlarimizning tajriba va malakalari ICAO, EASA, IOSA/IATA, BDCA, AR DAKning eng kuchli talablariga muvofiq keladi va tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlangan.
Bizga qo‘ng‘iroq qiling, va siz havo kemalarning barcha turlari bo‘yicha bajariladigan ishlarning to‘liq spektri to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Xush kelibsiz!
«Uzbekistan Airways Technics» («UAT» AK) aviakorxonasining tarixi 1924 yilning 12 noyabrida “Dobrolet” jamiyati qoshida aviatexnikalar ta’miri bo‘yicha ilk ustaxonalar ochilishi bilan boshlanadi. Mazkur ustaxonalarda bir motorli K-4 va K-5 samolyotlar, germaniyaliklarning «Yunkerslari», «Farmanlari», «Yunkers» va «BMW» aviamatorlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan shug‘illanilgan. “Dobrolet”ning mehnat faoliyatini 1937 yilda uning negizida tashkil etilgan fuqaro aviatsiyasining 243-sonli zavodi davom ettirdi. Zavod faoliyat yurita boshlagach, avvaliga ANT-9, R-5, P-5, G-1, G-2, K-4, K-5, U-2 rusumidagi samolyotlar va BMW-123A, L-5 dvigatellarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirib keldi. Keyingi yillarda esa TB-3, Li-2 samolyotlari va M-17, M-34, ASH-62IR rusumli dvigatellarning seriyali ta’mirlash ishlarini o‘zlashtirdi. Urushdan so‘ng zavod tinch davrga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish jihozlari bilan ta’minlandi. Bir necha o‘n yillarga S.V.Ilyushin va A.S.Yakovlevlarning konstruktorlik byurolarida yaratilgan samolyotlarni ta’mirlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Il-12, Il-14, Il-18, Il-62M, Il-76 (T, TD, M, MD), Il-86, Yak-12 – konstruktorlarning ustachilik mahoratlari, ishlab chiqarishni rivojlantirish 243-sonli FA zavodi yo‘nalishining tadrijiy bosqichlari hisoblanadi. Ko‘p yillardan beri aviakorxona uzoqmagistralli IL-62 samolyotlari, IL-76 transport samolyotlari, AI-25 dvigatellari, TA-6, TA-6A, TA-8 yordamchi kuch qurilmalarini ta’mirlashga ixtisoslashgan.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi tomonidan, g‘arbda ishlab chiqarilgan Airbus 310, Boeing 757/B767 va BAe146/AVRO146-RJ texnikalari sotib olinishi bilan ularga vaqti-vaqti bilan texnik xizmat (TX) ko‘rsatish bo‘yicha kuchli zarurat tug‘ildi. 1997- yilda aviakorxona negizida G‘arb texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish Markazi (TXM) tashkil etildi. Keyingi yili esa Aviatsiya-texnik majmuaning «Airbus/Boeing» sexi mutaxassislari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda birinchi bor o‘zbek aviakompaniyasiga tegishli Airbus310 samolyotlaridan biriga «C-sheck» hajmida texnik xizmat ko‘rsatildi. 1999 yildan boshlab V767 va BAe146/AVRO146-RJ havo kemalariga, 2000- yildan boshlab esa Boeing 757 HKga ham «C-check» hajmidagi texnik xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
2001-yilda fuqaro aviatsiyasi 243-sonli Toshkent zavodi «Uzbekistan Airways Technics» aviata’mirlash korxonasiga o‘zgartirildi. O‘zR hukumati tomonidan ajratilgan kreditga binoan Airbus 310, Boeing 757/767 va BAe146/AVRO146-RJ samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan maxsus va standart asbob-uskunalar va jihozlar sotib olindi. 2005- yilning ikkinchi choragidan boshlab g‘arbda ishlab chiqarilgan HK ga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmasi «UAT» AK tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda. 2006-yildan boshlab, sharqda ishlab chiqarilgan HKga TX ko‘rsatish ishlarini bajaruvchi Davlat unitar korxonasining bo‘linmasi Aviatsiya-texnik majmuasi «UAT» AK bilan birlashtirildi. Airbus 320 yangi avlod aviatsiya texnikasi olingach, 2010- yilning noyabrida «UAT» AK mutaxassislari tomonidan ushbu rusumdagi HKga ilk bor «A-check» hajmidagi texnik xizmat ko‘rsatildi, 2011 yildan esa, «C-check» hajmidagi TX ko‘rsatila boshlandi.
Ishlab chiqarish quvvati
«UAT» AKning ishlab chiqarish maydonlari tarkibiga kiradi:
1. Samolyot-ta’mirlash majmuasi.
Samolyot-ta’mirlash majmuasining maydoni (baland zonasi) 17280 kv.m.ni tashkil etadi hamda MRB(MPD)da belgilangan Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321 samolyotlariga bazaviy texnik xizmat ko‘rsatishning barcha turdagi vazifalarini bajaruvchi uchta keng fyuzelyajli samolyotlarni sig‘dira oladi, shuningdek kapital ta’mirlash, reglamentli texnik xizmat ko‘rsatishning barcha turlari hamda Il-76TD samolyotlarining turli reglamentli TX va xizmat qilish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Angar yer usti jihozlarining to‘liq to‘plami – “Hydro”, “JLG”, “Haulotte” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan, havo kemalarining har qanday nuqtasiga bemalol kirishni ta’minlovchi yuk ko‘targich va liftlar hamda samolyot tizimini o‘rgatuvchi stendlar bilan jihozlangan.
2. Havo kemalarini bo‘yash uchun angar
ngarda turli rusumdagi HKning barcha nuqtalariga ishchilarni yetib borishini ta’minlovchi universal doklar o‘rnatilgan. HKga rang berishda dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilarning poliurent emallaridan va buyurtmachining xohish istagiga ko‘ra turli rusumdagi HK chizmalarida ko‘zda tutilgan-Rossiyada ishlab chiqarilgan emallardan foydalaniladi. Buyurtmachining talabiga ko‘ra bo‘yoq ranglari («Boeing» firmasining standarti, «RAL» standarti va b.) tanlanadi.
3. G‘arbda ishlab chiqarilgan komponentlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sexi o‘z ichiga oladi:
- Boeing 757/B767, Airbus 300/310/318/319/320/321 samolyotlari uchun “Messier-Bugatti-Dowty”, “BFGoodrich”, “Honeywell, Dunlop” kabi ishlab chiqaruvchi firmalarning g‘ildirak, karbon va po‘lat tormozlarini ta’mirlash maydoni;
- “SAFT”, “VARTA”, “HAWKER GmbH” ishlab chiqaruvchi firmalarning akkumulator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash maydoni;
- “DIEHL”, “Grimes Aerospace”, “Radiant Power Corp.” kabi ishlab chiqaruvchi firmalarining avariyaviy yoritish batareyalari, audio selektor panellari, PCU, tutun detektorlari va harorat datchiklariga xizmat ko‘rsatish;
- “Eastern Aero Marine”, “Air Cruisers”, “Goodrich”, “Switlik Parachute”, “Hoover Industries” ishlab chiqaruvchi firmalarning avariya-qutqaruv jihozlari (trap-sollar, qutqaruv jiletlari), trap-sollarni shishirish uchun rezervuarlar, qutqaruv jiletlarini ta’mirlash maydonlari;
- “Weber Aircraft” va “V/E Aerospace”, “SICMA Aero Seat”, “Flying Service” ishlab chiqaruvchi firmalarning yo‘lovchi kreslolarni ta’mirlash, HK yo‘lovchi salonlarining illuminatorlar ta’miri maydonlari;
- “B/E Aerospace”, “Sell” kabi ishlab chiqaruvchi firmalarning avionika va elektrojihozlar komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchastkasi, kofemeykerlar, pechkalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash maydonlari.
“Toshkent” aeroporti perronida g‘arbda ishlab chiqarilgan Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321 HKlariga liniyali texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi:
MTR (maintenance transit check);
Ramp check, Daili check;
Service check;
Weekli check;
Keyingi test sinovlarini o‘tkazish bilan LRU.larni almashtirish va nuqsonlarni bartaraf etish. IL-76TD, IL-114-100larning barcha turdagi liniyali xizmat ko‘rsatishlari amalga oshiriladi.
4. Yumshoq jihozlar tayyorlash sexi.
“Anker Toppichboden”, “ROHI STOFFE” “AaBb Holland” va boshqa ishlab chiqaruvchi firmalarning sertifikatlangan materiallaridan kreslo g‘iloflari, pardalar, deraza pardalarni tikish, barcha turdagi samolyotlarga gilam qoplamalarni bichish va to‘shash ishlari amalga oshiriladi.
5. Tayanch (bazaviy) metrologiya xizmati va kimyoviy tahlil laboratoriyasi.
Korxona mahsulotining yuqori sifatda chiqishini isbotlovchi omillaridan yana biri “Tayanch metrologiya xizmati” hisoblanib, u O‘zR (O‘zstandart agentligi) milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan 100dan ortiq turdagi o‘lchov va 300ga yaqin turdagi maxsus o‘lchov vositalarini qiyoslash huquqini beruvchi akkreditatsiya guvohnomasiga ega va zamonaviy va namunaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan. Kimyo-tahlil laboratoriyasi HKga TX va ta’mirlashda qo‘llaniladigan materiallarning chiqish nazorati hamda qo‘llaniladigan kimyoviy barcha turdagi suyuqliklar, moy, moylash vositalari va yoqilg‘ilarning me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq kelish tahlilini o‘tkazadi.
6. Kompozit materiallardan tayyorlangan mahsulotlar va planerni ra’mirlash uchastkasi quyidagilardan tashkil topgan: kompozit qismlar ta’miri uchastkasi, chilangar-parchinlash uchastkasi, mexaniklar (tokar-frezali ishlar) uchastkasi, payvandlash uchastkasi.
Barcha turdagi HK uchun kompozit materiallaridan planer konstruksiyasi elementlari va qismlarini ta’mirlash bo‘yicha barcha turdagi ishlarni amalga oshiradi; metall konstruksiyalarini ta’mirlash bo‘yicha ishlar, kuch elementlarni almashtirish (shpangoutlar, stringerlar va b.), modifikatsiya, xizmat bulleteni va b. bo‘yicha ishlar, ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qismlarni tayyorlash (fiting, kronshteynlar, vtulkalar va b.), ishlab chiqaruvchi chizmalari bo‘yicha qadmiy qoplamasini surtish imkoniyati bilan; ishlab chiqaruvchi hujjatlariga muvofiq payvandchilik ishlarini amalga oshirish.
7. Buzmasdan nazorat qilish usuli bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchastkasi (NDT)
Bu yerda buzmasdan nazorat qilish usuli bilan samolyot komponentlarini tekshirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi:
- bo‘yoqlar uslubi (Magnaflux firmasining portativ va statsionar jihozlari bilan)
- magnitli uslub
- tokovixrli uslub (Hocking firmasining portativ defektoskoplari bilan)
- ultratovushli uslub (Krautkramer firmasining portativ defektoskoplari bilan)
- rezonans uslub (Staveley BondMaster 1000 kompozit materiallarining portativ ko‘p rejimli testori bilan)
- rentgenoskopiya (Seifert firmasining ko‘chma jihozlari bilan)
8. Samolyotni tashqaridan va ichidan yuvish uchastkasi
HK ishlab chiharuvchilari tomonidan tasdiqlangan materiallarni qo‘llash yordamida samolyot va yechilgan komponentlarini tashqi va ichki yuvishini amalga oshirish; qismlarni ta’mirlashga va bo‘yashga tayyorlaydi.
Xizmatlar
Yuqori sifat darajasini ta’minlagan holda, Aviatsiya texnikasi ishlab chiharuvchilari, aviatsiya ma’muriyatining talablariga qat’iy rioya etgan holda «UAT» AK quyidagi ish turlarini bajaradi:
- Boeing 757/B767, Airbus 300/310/318/319/320/321, IL-114-100, IL-76 kabi havo kemalariga liniyali va bazali texnik xizmat ko‘rsatishning barcha shakllari;
- IL-76TD – samolyotlarini ta’mirlash (151/76R – ro‘yxat hajmida) shuningdek, (TDda IL-76MD) HKlarini qayta jihozlash;
- IL-76TD HKda shassi bosh tirgak burilishi tyagasi osti qattiqligini ta’mirlash;
- AI-25 aviadaigatellari va agregatlarni ta’mirlash;
- TA-6A, TA-6V, TA-8 YKQ va agregatlarini ta’mirlash;
- An 2/2-13 va An-2/3-13 ro‘yxat hajmida An-2 samolyotlarida NTI va TTI amalga oshirish;
- Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321 HKlarida dvigatellar va YKQlarini almashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- IL-76TD, Il-62M, Il-114-100, An-2 HK uzellari va agregatlarini ta’mirlash;
- Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321 HK shassini almashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321 HKlarida shassining amortizatsiya tayanchlari zichlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321Hklarida dvigatel pilonlari montaji va demontaj ishlarini amalga oshirish;
- nosozliklarni «Trouble Shooting» qidirish bo‘yicha amaliyotlarni bajarish, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish;
- HK planerlari va kompozitsion materiallardan yasalgan mahsulotlarni ta’mirlash;
- bak ichidagi yonilg‘i simlarini almashtirishni ham qo‘shib, kesson-baklarini ta’mirlash;
- buzmasdan nazorat uslubida (NDT) samolyot va uning komponentlarini tekshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321Hklarida radioelektron va navigatsiya jihozlarini modernizatsiyalash bo‘yicha xizmat bulletenini bajarish(ACARS: SAT COM);
- parvozga yaroqlilik ko‘rsatma va xizmat bulleteni talablariga muvofiq Boeing757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321Hklarining planeri va tizimini modefikatsiyalash;
- «Aircraft Weighing Record»ni tuzish bilan Boeing757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321Hklari vaznini o‘lchash;
- resurs va xizmat muddatini uzaytirish, HKsining texnik holati, OKB dasturi bo‘yicha komponentlarni baholash ishlarini amalga oshirish;
- 76-2130-BE-B raqamli IL-76TD HK bulleteni bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- bulleten bo‘yicha IL-76TD HK yakuniga yetkazish ishlarini amalga oshirish;
- AI-25, YKQ TA-6A(V), TA-8 aviadvigatellarning resurslaru va xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- HK tarkibiy qismlariga TX vaT (ilovani ochish):
- Boeing 757/767, Airbus 300/310/318/319/320/321HKlari uchun Messier-Bugatti-Dowty, BFGoodrich, Honeywell, Dunlop kabi ishlab chiqaruvchi firmalarning g‘ildirak, karbon va po‘lat tormozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
- Eastern Aero Marine, Air Cruisers, Goodrich, Switlik Parachute, Hoover Industries ishlab chiharuvchi firmalarning avariya-qutharuv jihozlari: tarplar, trap-sollarni shishirish uchun rezervuarlar, qutharuv jiletlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
- SAFT, VARTA, HAWKER GmbH akkumulator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
- Weber Aircraft va V/E Aerospace, SICMA Aero Seat, Flying Service yo‘lovchi kreslolarini ta’mirlash;
- B/E Aerospace, SELL ishlab chiharuvchi firmaning kofemeykerlar, pechkalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
- Diehl, Grimes Aerospace, Radiant Power Corp. ishlab chiharuvchi firmalarining avariyaviy yoritish batareyalari, selektor panellari, PCU, tutun detektorlari va SKV harorat datchiklariga texnik xizmat ko‘rsatish;
- HKda yumshoq jihozlarni ta’mirlash/yangilash (gilamli qoplamalar, kreslo chexollari, salon pardalari, eshik pardalar va b.);
- HK yo‘lovchi salonlarining illuminatorlarini ta’mirlash.
- barcha rusumdagi HKlarining tashqi va ichki sirtlarni yuvish;
- dastlabki eski LBQ to‘liq olib tashlash bilan barcha turdagi HKlarning tashhi va ichki sirtlarini bo‘yash;
- korroziyaga qarshi tarkibni surtish, korroziyani yo‘qotish bo‘yicha ishlar;
- tarkibida qimmatbaho metallga ega jihozlarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish;
- O‘V metrologiyasi va qiyoslash;
- YOMM tahlili;
- nostandart asboblar, jihozlar va moslamalarni tayyorlash;
- PILLER firmasi «APOJET R» yer usti elektr manbaini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish.
Xodimlar
«UAT» AK aviatexnik xodimlarining yuqori malakasi ICAO, Aviatsiya Xavfsizligining Yevropa Agentligi (EASA PART-66) va Yevropa me’yorlari (En4179) talablariga muvofih kelishi, uning dadil qadamlar bilan xalqaro aviaxizmatlar bozoriga kirib borish, shuningdek, boshqa aviakmpaniyalarning texnik xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etish imkonini beradi.
Aviakorxona xodimlari quyidagi o‘quv markazlarida ta’lim olganlar:
- Lufthansa Technical Training;
- British Aerospace;
- Monarch Aircraft Engineering Training;
- Airbus Industries;
- Bureau Veritas;
- Michelin;
- International School of Aerospace NDT Ltd;
- Air UK Technical College;
- B/E Aerospace;
- DIEHL;
- SAFT
- Air Cruisers;
- CAE Aviation Training B.V. va b.
Mutaxassislarimizning malakasi EASA Part-66 dan beriladigan “V” va “S” kategoriya talablariga muvofiq keladi.
Sertifikatlar
Bajarilgan ishlarning sifati va xizmat ko‘rsatilayotgan ATdagi parvoz xavfsizligi “UAT” AK faoliyatining ustivor yo‘nalishi hisoblanib, bular Maintenance Organization Exposition, “Sifat bo‘yicha Qo‘llanma” va Parvoz xavfsizligini boshqarish bo‘yicha Qo‘llanma” orqali aniqlanadi.
“UAT” AKga samolyot va agregatlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni amalga oshirish huquqi Yevropa, xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan berilgan sertifikatlar bilan tasdiqlangan:
- European Aviation Safety Agency (EASA);
- Bermuda Department of Civil Aviation (BDCA);
- RF Transport vazirligi (Rosaviatsiya) FHK parvozga yaroqlilikni qo‘llab-quvvatlash nazorati Boshqarmasi tomondan – FAP-145 muvofiqlik sertifikati. Rossiya Federatsiyasi ro‘yxatidan o‘tgan HK TX bajarish faoliyat turi;
- Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat inspeksiyasi;
- “O‘zstandart” MTSITI agentligining menejment tizimini sertifikatlash organi - ISO 9001:2008 xalqaro standartlari talablari bo‘yicha «UAT» AK sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikati;
- Davlatlararo Aviatsiya Qo‘mitasi Aviaregistri tomonidan;
- Department of Transportation – DOT, AQSh. RIN № H490 qoidalariga muvofiq gidrostatistik tadqiqotlar o‘tkazish huquqi ma’qullanishi;
SAFT kompaniyasi tomonidan – zavod-ishlab chiqaruvchi standartlariga muvofiqlik sertifikati;
- International School of Aerospace NDT Limited kompaniyasi tomonidan- NDT bo‘yicha ta’lim sertifikati.
Hamkorliklar
«UAT» AK negizida “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” AJdan tashqari turli aviakompaniyalarning havo kemalarida bazali texnik xizmat ko‘rsatish o‘tkazildi, shulardan:
- OAJ «Uralskiye avialinii» Aviakompaniyasi (RF)
- OAJ «Rossiya» Aviakompaniyasi (RF);
- «VIM-AVIA» MCHJ Aviakompaniyasi (RF);
- «Aviakompaniya «SCAT» AJ (Qozog‘iston);
- OAJ «Tatarstan» Aviakompaniyasi (RF)
- OAJ «Yakutiya» Aviakompaniyasi (RF);
- «AEROSVIT» XAJ Aviakompaniyasi (Ukraina)
- «Aviakompaniya «Sibir» OAJ (S7) (RF);
- «Air Astana» AJ (Qozog‘iston);
- «Air Italy» Aviakompaniyasi (Italiya);
- «Iceland Air» Aviakompaniyasi (Islandiya).
- «Turkmenxovayollaro‘» Aviakompaniyasi (Turkmaniston)
G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishda bizning aviakorxonamizni texnik qo‘llab-quvvatlab turgan hamkorlarimiz, butun dunyoga mashhur kompaniyalar hisoblanadi, jumladan:
- Airbus Industrie;
- Boeing Company;
- Lufthansa Technik;
- British Aerospace;
- Pratt & Whitney;
- Messier-Bugatti;
- Goodrich;
- CFM
- AJW
- Honeywell va b.
Sharqiy aviatexnikalarni ta’mirlash bo‘yicha ananaviy tarzda samolyot, dvigatel va komponentlar ishlab chiquvchisi va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatilgan, jumladan:
- OAJ “Ilyushina nomidagi Aviatsiya majmuasi”;
- «Antonov» AITM;
- «Gorbunov nomidagi QAIB» FDUK;
- «Novo‘ye texnologii» «Omskagregat» OAJ;
- «Gidravlika»FDUK;
- OAJ «NPO «Saturn»;
- DK «Ivchenko-progress»;
- OAJ «Motor-Sich»;
- OAJ «NPP» «Aerosila».
Yaqin kelajakda
“Uzbekistan Airways technics” aviakorxonasi eng birinchi navbatda taqdim etayotgan xizmatlarning yuqori darajasini qo‘llab –quvvatlaydi hamda o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlarida ISO 9001 sifat standartiga amal qiladi.
EASA va BDCA xalqaro agentlikning sertifikatlari buning yaqqol tasdig‘idir.
Mazkur yo‘nalishda kursni davom ettirib, biz bosqichma-bosqich yangi talablarga binoan angarlarni zamonaviylashtirmoqdamiz.
Yangilangan maydonlar tez o‘zgaruvchan mavsumiy sharoitlarga qaramay yuqori darajadagi qulay sharoitda ishni bajarishga imkon berib, TX ko ‘rsatishda samolyotning turib qolishi vaqtini qisqartirish va ishni samarali bajarilishiga yordam beradi.
2015-yilda "UAT" AK o‘z hududida Boeing 787 («Dreamliner») samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatishning belgilangan shakllarini bajarishga xizmat ko‘rsatadigan yangi angar qurishni boshladi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ ushbu rusumdagi HK 2016-yilda ekspluatatsiya qilishni mo‘ljallamoqda. Angarning salohiyati nafaqat AK ehtiyojini qoplamay balki xizmat doirasini kengaytirib, chet ellik buyurtmachilarni jalb etishga mo‘ljallangan.
Aloqalar.
Manzil: Toshkent, 100167, Uchuvchilar shaharchasi.
1. «UAT» AK Direktori
Kiyasov Ulugbek Mahmudkaliyevich
Tel.: +(998 71) 254 18 50
Faks: +(998 71) 255 68 22
E-mail: common@airtech.uz
E-mail: ulugbek.kiyasov@uzairways.com
Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Seshanba 08:00 dan 11:00 gacha.
(Uning suratini eksp-siya bo‘yicha dir.o‘rin.dan Direktorlikka o‘tkazish kerak)
2. «UAT» AK direktorining birinchi o‘rinbosari
Salaxitdinov Rustam Zaynabidinovich
Tel.: (+99871) 255 04 19
Faks: +(998 71) 255 68 22
E-mail: rusa@airtech.uz
Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Chorshanba 08:00 dan 11:00 gacha
3. «UAT» AKning AT ekspluatatsiyasi bo‘yicha diretor o‘rinbosari
Margachyov Andrey Vladimirovich
Tel.: (+998 71) 254 24 02
Faks: +(998 71) 255 16 78
E-mail: andrey.margachov@uzairways.com
Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Payshanba 08:00 dan 11:00 gacha
4. «UAT» AKning sifat bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Kosov Valeriy Mitrofanovich
Tel.: +(998 71) 215 77 40
Faks: +(998 71) 255 16 78
E-mail: valeriy.kosov@uzairways.com
Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Juma 08:00 dan 11:00 gacha
5. Rejim va aviatsiya xavfsizligi boʻyicha xizmat boshliʻgi
Siryanov Vladislav Stanislavovich
Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba 08:00 dan 11:00 gacha
6. Xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
Safina Yelena Sergeyevna
Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba-juma 08:00 dan 11:00 gacha
7. «UAT» AKning G‘arbda ishlab chiharilgan Samolyotlarga Texnik Xizmat Ko‘rsatish Markazi Bosh menejeri
Klebleyev Gani Rustamovich
Tel.: (+998 71) 254 44 50
Faks: (+998 71) 254 44 50
E-mail: gain.klebleyev@uzairways.com
8. «UAT» AKning G‘arbda ishlab chiharilgan Samolyotlarga Texnik Xizmat Ko‘rsatish Markazining lineyali xizmat ko‘rsatish sexi boshlig‘i
Salimov Sergey Martiyevich
Tel.: (+998 71) 255 28 90
Faks: (+998 71) 133 41 06
E-mail: sergey.salimov@uzairways.com
9. «UAT» AKning Shartnomalar bo‘limi boshlig‘i
Miroshnichenko Irina Alexandrovna
Tel.: (+998 71) 255 50 59
Faks: (+998 71) 255 50 59
E-mail: contract.department@uat.uz
E-mail: marketing@airtech.uz
10. «UAT» AKning Moddiy-Texnik ta’minot Markazi boshlig‘i
Zayseva Svetlana Mixaylovna
Tel.: (+998 71) 255 48 89