Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

АJ «Uzbekistan airways» TS-1 markali aviatsiya kerosinini xarid qilish yuzasidan tanlov e’lon qiladi

26 Iyun 2020
267
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

1. Tanlov komissiyasi ishchi organining nomi: АJ «UZBEKISTAN AIRWAYS», sotib olish departamenti shartnomalar bo‘limi, Toshkent sh., GSP-100060, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41.

Tel/faks/e-mail: (+99878) 140-46-24, 140-47-31, vahob.ravshanov@uzairways.com

2. Tanlov mavzusi: fuqaro aviatsiyasi havo kemalari reaktiv dvigatellari uchun 50 000 tonna (10 000 tonna oyiga) miqdorida aviatsiya kerosinini xarid qilish.

3. To‘lov shartlari: shartnoma kuchga kirgan kundan e’tiboran 10 bank kuni davomida yetkazib berish oylik normasining 15% dan 30% gacha oldindan to‘lov, qolgan summa tovar yetkazib berilgandan so‘ng 30 bank kuni davomida. Muqobil to‘lov shakli (100% oldindan to‘lov, akkredetiv va h.k.) qabul qilinmaydi.

4. Yetkazib berish shartlari va muddati: DAP O‘zbekiston chegarasi (INKOTERMS-2020) oldindan to‘lov vaqtidan uzog‘i bilan 20 kalendar kuni davomida.

5. Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 2020 - yil 13 - iyul 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).

6. Tanlovni o‘tkazish sanasi: 2020 - yil 14 - iyul.

Download PDF