В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz

Поделиться в социальных сетях

Mahmud az-Zamaxshariy (1074 - 1143)Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz

Abu-l-Qosim Mahmud binu Umar az-Zamaxshariy (1074 - 1143) - o‘rta osiyolik yozuvchi, faylasuf, amaldor. Uning asarlaridan chuqur ma’noga ega ikkita to‘plam tashkil etilgan. Qofiyaviy nasr ko‘rinishidagi ilmiy mulohaza bo‘limi u tomonidan yozilgan va “Oltin shoda” nomini olgan.

To‘liq ismi Abul Qosim Mahmud binu Umar az-Zamaxshariy 1075-yil 19-mart kuni Xorazmning Zamaxshar shahrida tug‘ilgan, yoshligida kasal bo‘lganligi bois, bir oyog‘idan ayrilgan, yog‘och oyoq yordamida harakatlangan. Jismoniy mehnatga noloyiq bo‘lganligi sabab, otasidan madrasaga o‘qishga yuborishlarini so‘raydi.

Mahmud arab tili, adabiyot, diniy fanlarni tirishqoqlik bilan o‘rganadi. Husnixat ilmini o‘rganib, ayrim vaqt mobaynida u orqali pul topgan.

Bilimni chuqurroq o‘rganish ishtiyoqida u Buxoroga ketadi. Buxoroda Xorazm shohlariga xizmat qilib, hukmdorga yaqinlashishga harakat qiladi. Kerakli e’tiborga ega bo‘lmagach, o‘z umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun boshqa mamlkatlarga yo‘l oladi. 1118-yil og‘ir kasallikdan so‘ng kimgadur xizmat qilishdan bosh tortadi va butun umrini ilm-fanga bag‘shida etadi.

Az-Zamaxshariy Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bog‘dod, Xijoz va ikki marotaba Makkada bo‘lgan. Qayerda bo‘lmasin, doim ilmiy ishlarini davom ettirgan, lug‘atni va arab tili grammatikasini, mahalliy qabilalar munozaralarini, maqolalarini, an’analarini chuqur o‘rgangan. U qit’a jo‘g‘rofiyasi bilan bog‘liq turli ma’lumotlar to‘plagan.

Uning ko‘plab asarlari Makkada yozilgan. Makkada u 5 yil yashagan va unga faxriy “Jorulloh” (Allohning qo‘shnisi) nomi berilgan.

Az-Zamaxshariy Makkadan qaytgach, bir necha yil Xorazmda yashaydi. Hijriy 538-(1144- yil 14-aprel) yil oqshomda olamdan ko‘z yumgan.

Az-Zamaxshariy o‘z davrining yirik tarixshunosi, jo‘g‘rofiyachisi, adabiyotshunosi, tilshunosi, pedagogi va shoiri hisoblanadi. Uning qalamiga mantiq, grammatika, din, lug‘at, adabiyot, adabiyotshunoslik, pedagogika, tarix va jo‘g‘rofiyaga oid 50 dan ziyod ishlar mansub. U bilimlarini kitoblari va o‘quvchilari orqali tarqatgan. Uning ko‘plab asarlari bizning davrimizgacha yetib kelgan.

Az Zamaxshariyning ko‘plab asarlari arab tili va grammatikasiga bag‘ishlangan. Xususan, “Al-Mufassal” asari bir yarim yil ichida, 1121-yil Makkada yozilgan.

“Al-Mufassal” Sharqda va G‘arbda arab tili va grammatikasini batafsil o‘rgatuvchi yirik asar sifatida ma’lum. Arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal” kitobi ahamiyatiga ko‘ra, arab olimi Sibavaxxning asarlaridan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi, deb hisoblanadi. Bu Az-Zamaxshariy asari o‘z vaqtida qanchalik qadrlanganligini ko‘rsatadi. Ushbu asar qo‘l yozmasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Uning ma’naviyat va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlari axloq, tarbiya, nasihat doirasida bayon qilingan. Masalan, u maqtovga, yolg‘on g‘urur, ezmalik va safsatabozlikka berilmaslikka chorlaydi: “Agar kimdur o‘zining kelib chiqishi bilan maqtansa, bu sarob kabi zohiriydir”, “Haqiqat va nomus yo‘li o‘rmondagi arslon qadami bilan tenglashadi”, “Savdogarning hurmati va nufuzi uning hamyonida, olimniki - kitobida”, “Til orqali (ruhiy) madad moddiy madaddan ustundir”. Umuman,                                     az-Zamaxshariy bilim va umuminsoniy sifatlar orqali erishish mumkin  bo‘lgan iroda haqida, insoniyatni farovonlik va xotirjamlikka intilishi haqida yozgan.

Hayotligida uni “Butun dunyo muallimi”, “Barcha arablar va boshqa xalqlar muallimi”, “Allohning qo‘shnisi”, “Xorazm shuhrati” va boshqa nomlar bilan ulug’lashgan.

1144-yil ona diyori Xorazmda vafot etgan. Gurganjga dafn etilgan.