В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

1-MART — ATOQLI SHOIRA ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN

Поделиться в социальных сетях

ZULFIYA(1915-1996) 

ZULFIYA

Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953- yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etgan.
Hassos shoir — Hamid Olimjon bilan kechirgan qisqa turmushi, undan judo bo‘lib qolishi, umuman, shoiraning hayot yo‘li sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qoldi.