В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

Vaqt qumlari ostidagi arxeologik xazinalar

Поделиться в социальных сетях

pht

Turon atalmish afsonaviy zamin markazida “Quyosh o‘lkasi” deya nom olgan ertaknamo o‘lka bor. Bu diyor nafaqat o‘tmish sivilizatsiya beshigi, shuningdek sarhadsiz sahrolar bag‘ridagi qumtepalar ostidagi son-sanoqsiz sirli qal’a va manzilgohlari bilan ham nom qozongan. Qal’a – bu o‘tmishdan saroy, karvonsaroy, soqchilik minoralari, “sukut” minoralari, aholi punktlari, ibodatxonalar, shaharlar, qo‘rg‘onlarning bugunga qadar yetib kelgan qoldiklari. Ular odatda loy g‘isht yoki somonli g‘ishtdan qad rostlagan. O‘zbekistonda ayni paytgacha 100 dan oshiq shunday qal’alar ochilib, ularning aksariyati arxeologlar tomonidan tadqiq qilingan. Qadim zamonlarning yakka-yolg‘iz diqqatga sazovor bu guvohlari bugun xalq tilida istehkom, tepalik, qo‘rg‘on deb ataladi. Loydan bunyod etilgan bu manzilgohlar bir necha o‘n asrlarni pisanda qilmasdan bugungacha yetib kelgan. Ularning eng qadimiysi miloddan avvalgi V asrda qad ko‘targan bo‘lsa, eng yoshi milodiy VII asrda qurilgan.


Tuproqqal’a qo‘rg‘oni

pht

Tuproqqal’a qo‘rg‘oni (500x350 m) mukammal arxitektura kompleksiga ega bo‘lib, u yerda aholi turar joy binolari, zodagonlar yashagan mavze, saroy a’yonlari istiqomat qilgan binolar, shuningdek mahalliy Xorazmshohlar sulolasining yozgi qarorgohi bo‘lmish saroy bo‘lgan. Qo‘rg‘on balandligi 14 metr balandlikdagi tepalik ustida qurilgan va alohida devor bilan o‘rab olingan. Bugunga kelib esa bu devordan deyarli asar ham qolmagan.



Sirli Qo‘yqirilgan qal’a manzilgohi

pht

Qo‘yqirilgan qal’a manzilgohi tarixiy yodgorliklar orasida eng sirlisi bo‘lib qolmoqda. Me’moriy yechimi doira shakldagi ushbu qadimiy shahar xarobalarining atrofi himoya devorlari bilan o‘ralgan holda bizgacha yetib kelgan. Qo‘rg‘onning aylana shaklda qurilgani bizni ortga – zardushtiylik e’tiqodida muhim ahamiyat kasb etgan quyoshga qaytaradi. Manzilgohning o‘z davrida qaysi maqsadga xizmat qilgani to‘g‘risidagi jumboq hozirga qadar olimlarni qiziqtirib kelmoqda.