В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

Al-Xorazmiy Algebraning asoschisi va otasi

Поделиться в социальных сетях

abAbu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) Abbosiylar xalifaligi davrida Bog‘dodda mashhur Dorul-Xikmaning dong‘i ketgan vakillaridan bo‘lgan. Uning ilmiy merosi sharofati tufayli u qariyb bir asrning 787-yildan to 850- yillargacha mashhur matematigi hisoblangan. Uning ismi Xvarizem degan joyda tug‘ilganiga ishora bo‘lib, u joy hozirgi O‘zbekistonning Orol dengizinig janubrog‘ida joylashgan.

 

 

 

alAl-Xorazmiy asarlari

Al-Xorazmiyning 20 dan ortiq ilmiy ishlari bizga ma’lum. Uning eng mashhur asari “Aljabr va Almuqobala”da u kvadrat va bir chiziqli tenglamaning olti turini, hamda “algoritm” tushunchasini keng tavsiflab bergan. Bundan kelib chiqib o‘nlik sistemani topish keltirilgan. Natijada “algoritm” atamasi al-Xorazmiy nomidan kelib chiqgan. Xorazmiyning keyingi mashhur merosi bu – “Hind hisoblash tizimi kitobi”. Mazkur asarda olim bo‘lish, qo‘shish va ayrishning sanoqsiz qoidasini, hamda g‘aroyib sonlarning kombinatsiyasi, raqamli sistemalarni sharhlagan. Asarda u hind sanoq sistemasi kombinatsiyasidan arab sanoq sistemasini hosil qildi. Arab sanoq sistemasiga hind sistemasidan nominal nolni qo‘shdi va islom madaniyatiga raqam yozish tizimini tadbiq etdi. Uning matematika bo‘yicha yaratgan asarlari lotin tiliga tarjima qilinib Ispaniya orqali G‘arbga yetib borgan va 300 yildan so‘ng G‘arbliklarni xayratlantirgan.


duDunyoga mashhurlik

Georg Sarton (1884-1956) Al-Xorazmiy haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: «…u faqatgina o‘z vaqtining buyuk matematigi emas, balki butun insoniyat tarixidagi buyuk matematikdir». BBC telekanali boshlovchisi esa Al-Xorazmiyga bag‘ishlangan hujjatli film yakunida: “Bugun biz qayerda va qachon bo‘lishimizdan qat’iy nazar, kofe yoki choy ustida xohlagan kishimiz bilan internetda erkin muloqot qilganimizda, yoki veb sahifalarni kuzatayotganda, yoki chegaralanmagan hajmdagi axborotlarni saqlamoqchi bo‘lganimizda, barcha yangi xay-tek texnologiyalarining rivojida o‘chmas iz qoldirgan Markaziy Osiyoning deyarli tanish bo‘lmagan chekkasidan bo‘lgan Al-Xorazmiy ismli kishi turganligini esdan chiqarmasligimiz kerak va xayolan unga minnatdor bo‘lishimiz shart” deya xulosa qildi.