В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz

Поделиться в социальных сетях

Alisher Navoiy     

O‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan.

Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan  ham shug‘ullangan. Shoir o‘zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she'rlar bitib, ikki til bilimdoni sifatida shuhrat qozonadi. O‘zbek tilidagi she'rlarida “Navoiy” (“navo” - kuy so‘zidan), fors-tojik tilidagi she'rlarida esa asosan “Foniy” (“fano” - vaqtincha, o‘tkinchi so‘zidan) va ba’zan “Navoiy” taxallusini qo‘llaydi. Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000ga yaqin misrani tashkil etadi. Shoir ijodining yuksak cho‘qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.  “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo‘lsa-da, maxsus “Lisonut-tayr” dostonida, “Nasoyimul-muhabbat” manqabasi”da, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan.