Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yuk jo’natuvchilar uchun talablar

samolet

Havo transportida tashish uchun fuqarolarning turli xildagi xalq xo'jaligi yuklari, texnika va fuqarolarning shaxsiy mol-mulki qabul qilinishi mumkin, qadoqlashning tabiati va xususiyatlari ularning xavfsiz tashilishiga imkon beradi.

Og’irligi 150 kilogrammgacha bo’lgan yuk tashuvga umumiy asosda qabul qilinishi mumkin. Massasi belgilangan og’irlik me’yoridan ortiq bo’lgan va hajmi yo’lovchi havo kemasining yuk ortish lyuklarining gabarit shakllari va yukxonasidan katta bo’lgan taqdirda  bunday yuk og’ir vaznli va katta hajmli hisoblanadi va u tashuvga og’ir vaznli va katta hajmli yuklarni tashish qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.  

Havo tashish uchun maxsus transport sharoitlarini talab qiladigan yuklarning ayrim turdagi yuklar (tez buziladigan, xavfli, radioaktiv, hayvonlar va boshqalar) ham qabul qilinadi.

Yuk uning o’ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda shunday o’ralgan bo’lishi kerakki, unga oddiy yo’sinda ishlov berilgan holda aviatashuv jarayonida uning butunligi saqlanishi lozim, hamda uchinchi shaxslarga ziyon yetishiga va aviakompaniyaning boshqa yuki yoki mulkiga talofat etishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.

Aviakompaniya har qanday yukning ichidagi narsalari va o’ramasini ko’zdan kechirish va har bir yuk uchun taqdim etilgan hujjat yoki axborotning to’g’riligi va yetarliligini tekshirish huquqiga egadir.

Ayrim davlatlarda alohida turdagi yuklarni olib kirish uchun cheklovlar mavjud. Ko’plab davlatlar tomonidan olib kirish uchun taqiq qo’yilgan yuklar quyidagilardan iborat:

  • Davlat ijtimoiy tuzumi prinsiplariga zid, nomunosib adabiyot va buyumlar;
  • O’simlik materiallari (xashak, pohol, o’t) ga o’ralgan buyumlar;
  • Qalbaki pullar,qimmatli qog’ozlar va ularni ishlab chiqaruvchi uskuna va shtamplar;
  • Narkotik va psihotrop moddalar.

Yuk jo’natuvchi yuk jo’natilayotgan, transfer qilinayotgan, yukni qabul qilayotgan davlatning milliy qonunchiligi talab etuvchi davlat eksport, import va tranzit bo’yicha rasmiyatchilikka rioya qilish, kerakli eksport litsenziyalarini, sertifikatlar va boshqa hujjatlarni taqdim qilish uchun javobgardir.